Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

Lug‘at ishi:
ayron – qatiqning moyi ajratib olingandan keyin qolgan suyuq qismi, 
shuningdek, qatiq yoki suzmaga suv qo‘shib tayyorlangan ichimlik.
qatalab chiqqan – yorib chiqqan
baxmal – duxoba, tukli mato
“Ma’nodosh so‘zni top” mashqi. O‘quvchilar she’rdagi ayrim 
so‘z larga ma’nodosh so‘zlar topadilar va ular ishtirokida gap lar 
tuzadilar.
Masalan: Vayron – buzuq, xarob; yumalab – dumalab; chopdilar – 
kesdilar; qattiq – mustahkam; cho‘ntak – kissa; joylandi – solindi.
Bolajonlar, “Boychechak” qo‘shig‘ini eshitganmisiz? 
– Hozir hammamiz birgalikda eshitamiz.
Xalqimiz tarixida qo‘shiqlarning qadimiy turi mavjud bo‘lgan: 
ov qo‘shiqlari, mavsum qo‘shiqlari, to‘y qo‘shiqlari (“Yor-yor”), aza 
qo‘shiqlari (marsiya) kabi. Bundan tashqari bolalarga mo‘ljallangan 
alla, ovunchoq qo‘shiqlar, o‘yin qo‘shiqlari (“Boychechak”, “Oq terak-
mi, ko‘k terak”) ham mavjud. 
– Boychechak haqida yana she’rlar bilasizmi? O‘zingiz bilgan 
she’rlardan birini aytib bering. 
Boychechak haqida qo‘shiq eshittiriladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. 
– Kim she’rni ifodali o‘qib bera oladi? She’rni o‘qiyotganda hissi-
yotlaringizni namoyon qilishga harakat qiling. 
O‘quvchilar xohishiga ko‘ra she’rni o‘qiydilar.
“Sehrli sandiqcha” mashqi. O‘quvchilarga turli asarlardan olingan 
gaplar yozilgan qog‘oz tarqatiladi. Ular bu gaplarni o‘qib, asar nomini 
va muallifini aniqlaydilar. Faqat xalq og‘zaki ijodi janrlariga oidlarini 
“Sehrli sandiqcha”ga soladilar.


58
– Bolajonlar, biz sizlar bilan xalq og‘zaki ijodiga oid ertak, maqol, 
topishmoq, qo‘shiqlarni aniqlab, “Sehrli sandiqcha”ga joyladik. Biz 
uchun ular dunyodagi barcha dur-u javohirlardan ham qimmatliroqdir. 
Siz bu durdonalarni mukammal o‘rganib, avaylab-asrab keyingi avlod-
ga ham qoldirishingiz lozim. 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling