Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning so‘zlar ma’nolarini izohlay olish, 
savollarga to‘liq javob berish malakalarini shakllantirish, lug‘at boyligi-
ni oshirish. 


56
FK 2she’r mazmunidan ta’sirlana olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, “Bu meniki”, “Ma’nodosh 
so‘zni top”, “Sehrli sandiqcha” mashqlari.
Dars jihozlari: gullar tasvirlangan rasmlar, so‘z va gaplar yozilgan 
tarqatmalar, sandiqcha maketi, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. Davomatni aniqlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilarning “Ma’naviyat – qalb quyoshi” bo‘limidagi she’r 
va hikoyalar asosida “Inson odobi bilan go‘zal” mavzusida yo-
zib kelgan insholari tekshiriladi. Ayrim insholarni o‘qib beradilar. 
O‘quvchilar o‘tilgan mavzular yuzasidan bir-birlariga savollar beri-
shadi. 
III. Yangi mavzu bayoni.
Yangi bo‘lim va mavzu e’lon qilinadi. “Xalq og‘zaki ijodi”. “Qo‘-
shiq lar qanotida”. “Boychechak”.
O‘qituvchi o‘quvchilarga xalq og‘zaki ijodiga nimalar kirishi haqida 
ma’lu mot beradi. Video namoyish etiladi.
– Xalq og‘zaki ijodi xalqimizning ming yillar mobaynida yarat-
gan sehrli-fantastik ertaklari, xalq dardi, istak-xohishi, orzu-
umidlari ifodalangan qo‘shiqlar, bolalarning quvnoq o‘yin-qo‘shiqlari, 
hozirjavoblik, topqirlik taqozo etadigan topishmoqlar, xalqning hayo-
tiy xulosasi tarzida yuzaga kelgan purhikmat maqollar, sehr-jozibaga 
yo‘g‘rilgan rivoyatlarni o‘z ichiga oladi.
“Bu meniki” o‘yini.
O‘quvchilarga “ertak”, “topishmoq”, “maqol”, “rivoyat”, “tez 
aytish”, “latifa”, “afsona”, “xalq qo‘shiqlari” kabi so‘zlar yozil-
gan qog‘ozlar tarqatiladi. 
– Aziz o‘quvchilar, hozir siz audio tasma orqali xalq og‘zaki ijodi 
janrlariga oid ta’riflarni eshitasiz. Qaysi o‘quvchi qo‘lidagi so‘zga oid 
ta’rifni eshitsa, darhol “bu meniki” deb javob berishi lozim bo‘ladi.
Masalan: 
Avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan, voqea va hodisalarni, in-

son faoliyatini ba’zan uydirmalar vositasida, ba’zan real tasvirlovchi 
og‘zaki hikoya. (Rivoyat)
To‘qima va uydirmaga asoslangan, sehrli-sarguzasht va maishiy 

mazmundagi badiiy asar. (Ertak)
Hayotiy tajriba asosida xalq tomonidan yaratilgan, odatda pand-

nasihat mazmuniga ega bo‘lgan ixcham, obrazli, tugal ma’noli va hik-
matli ibora. (Maqol)
Kulgili voqea-hodisa haqidagi kichik hikoya. (Latifa)



57
Avloddan-avlodga, og‘izdan-og‘izga o‘tib kelgan uydirma, to‘-

qi madan iborat, ba’zan diniy mazmundagi hikoya. (Afsona)
Topilishi kerak bo‘lgan narsa, hodisa va shu kabilarning ramz 

va o‘xshatmalar orqali ifodalangan qisqa tavsifi. (Topishmoq)
Yanglishib ketish mumkin bo‘lgan, qofiyadosh, o‘xshash so‘z-

larning jumlalarini adashmay, tez talaffuz qilish. (Tez aytish)
– Barakalla bolajonlar, bugun biz sizlar bilan xalq og‘zaki ijodi na-
munalaridan biri bo‘lgan “Boychechak” she’ri bilan tanishamiz.
O‘qituvchi o‘quvchilarga she’rni ifodali o‘qib beradi. 
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi.
– Bu she’r nima haqida ekan?
– Uni eshitganingizda ko‘z oldingizga nimalar keldi?
O‘quvchilar she’rni mustaqil o‘qiydilar.
She’rda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling