Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

“Tez javob” o‘yini. O‘quvchilar bilan qatorlararo musobaqa 
o‘tkaziladi. Ertak mazmuni yuzasidan savollar tuzishadi va bir-
birlariga berishadi. To‘g‘ri va tez savollar tuzgan hamda javob 
bergan qator g‘olib bo‘ladi. 
Darslik bilan ishlash.
“Harfdan gapgacha” mashqi. O‘quvchilar berilgan harf-
lardan birini tanlaydilar va sxemalar asosida avval shu harf 
ishtirok etgan so‘zni, so‘ng shu so‘z qatnashgan gapni topib, 
o‘qiy dilar.
Yerto‘la. Yerto‘lada podshohdan boshqa bir necha odamlar ham bor 
ekan.
Kabobchi. Kabobchilar gilamni podshohning o‘rdasiga olib bordilar.
Topshiriqni faol bajargan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
Bu ertakka yana qanday sarlavha qo‘yish mumkin?
1. 
Siz qanday hunarlarni egallashni xohlaysiz?
2. 
Nima deb o‘ylaysiz, ertakning asosiy g‘oyasi nimadan iborat?
3. 
Bu darsda olgan bilimlaringiz kelgusi hayotingizda kerak 
4. 
bo‘ladimi?
O‘quvchilar darsda ishtirokiga ko‘ra baholanadi. 
VI. Uyga vazifa berish. “Hunarsiz kishi o‘limga yaqin” ertagining 
2-qismini o‘qib, qayta hikoyalash.
51-d a r s
Mavzu: “Ziyrak uch yigit” (Ertak). 1-qism. 
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Ziyrak uch yigit” ertagining mazmuni bi-
lan tanishtirish, to‘g‘riso‘zlik va halollik haqida ma’lumot berish, mus-
taqil fikrlashga o‘rgatish.
FK 2asar mazmunidan ta’sirlana olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni ziyraklik, topqirlik, tadbirkorlik qobili-
yatlarini tarbiyalash. 
TK 5: umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlash va amal qilish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, 
lug‘at ustida ishlash, o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy 
yondasha olish, o‘zini nazorat qila bilish, mustaqil fikrlash qobiliyat-
larini rivojlantirish.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling