Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

“Kimning ovozi?” o‘yini. Ekranda ketma-ket ertak qahra-
monlarining ovozlari ertakdagi qismlari bilan eshittiriladi. Har 
bir ovoz eshittirilgandan keyin turli xil variantlar namoyish etiladi. 
O‘quvchilar ovoz egasi namoyish qilingan rasmni belgilaydilar.

Qofiyadoshini top” o‘yiniO‘quvchilar “Laqma it” ertagidagi 
qofiyadosh so‘zlarni topib, aytadilar. Eng ko‘p qofiyadosh so‘z 
topgan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
1. Laqma it kimlardan boshpana so‘radi?
2. Siz ham dangasalik qilganmisiz?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Laqma it” ertagining 1-qismini o‘qish. 
60-d a r s
Mavzu: “Laqma it” (Shukur Sa’dulla). 2-qism. 
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga mehnatsevarlik fazilati, dangasalik oqibat-
lari haqida ma’lumot berish, “Laqma it” ertagining II qismi bilan ta-
nish tirish. O‘quvchilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakl-
lantirish.
FK 1: asarning mazmunini qisqartirib, qayta aytib berish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni mehnatsevarlikka, birovning mehnatini 
qadrlashga o‘rgatish, axloqiy sifatlarni tarbiyalash. 
TK 4: asarda bo‘layotgan hodisa jarayonlariga daxldorlikni his etish. 
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlash qobili-
yatlarini, lug‘at ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2o‘rganilgan asarning mazmuni va qahramonlarini ajrata olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: tushuntirish, savol-javob, “Ma’nodosh so‘zlar” o‘yini.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling