Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, “Ikki qismli kundalik”, 
“Shifr langan so‘z”, “Baqaga yordam bering” mashqlari.
Dars jihozlari: turli kasb egalari tasvirlangan rasmlar, multimedia 
ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. 
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar Anvar Obidjonning “Bo‘rining tabib bo‘lgani haqida er-
tak” ertagini 2-qismini rollarga bo‘linib o‘qib, hikoya qiladilar. O‘quv-
chilar bilan “Kim ko‘p hayvon nomini biladi?” o‘yini o‘tkaziladi. 


86
III. Yangi mavzu bayoni.
“Shifrlangan so‘z” ta’limiy o‘yini. 
– Aziz o‘quvchilar, hozir biz siz bilan “Shifrlangan so‘z” 
o‘yinini o‘ynaymiz. Buning uchun berilgan so‘zlarning ikkinchi 
bo‘g‘inini tanlab olib, ulardan so‘z tuzasiz. Agar siz bu topshiriqni 
to‘g‘ri bajarsangiz, bugungi darsimiz mavzusini bilib olasiz. 
Masalan: A-ba-diy, yup-qa, na-bi-ra, chi-lan-gar, mar-ta-ba, 
laq-qa.
O‘qituvchi ertak muallifi 
Aziz Abdurazzoq
haqida qisqacha 
ma’lumot beradi.
“Baqa bilan taqa” ertagi lavha orqali namoyish etiladi, ekran ortidan 
matn o‘qiladi. 
O‘quvchilarga savollar bilan murojaat etiladi:
– Baqa qanday jonivor?
– Baqa haqida nimalarni bilasiz?
– Milliy hunarmandchilikka oid qanday kasblarni bilasiz?
Turli kasb va hunar egalarining suratlari ko‘rsatiladi.
Ertakda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
taqa – ot-ulov oyog‘ini zararlanishdan saqlash uchun tuyoq ostiga 
mixlab qoqiladigan metal buyum
ko‘lmak – chuqur joyga to‘planib qolgan yomg‘ir suvi
sandon – temirchi, miskar va zargarlarning qizdirilgan metallga ish-
lov berishda uning ostiga qo‘yadigan asbobi
otashkurak – yonib turgan narsani qisib olish, olovni tuzatish uchun
ishlatiladigan uy-ro‘zg‘or asbobi
Ertak mazmuni tahlil qilinadi.
– Bu ertak nima haqida ekan?
– Ertak kimning nomidan aytilgan?
– Ertak qahramonlari kimlar?
– Nima deb o‘ylaysiz, baqa to‘g‘ri ish qildimi?

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling