Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

Lug‘at ishi:
hamyon-xalta – pul solib, cho‘ntakda olib yuriladigan xaltacha
omonat – saqlab berish, vaqtincha foydalanish yoki boshqa bir 
kishi ga eltib berish uchun topshirilgan narsa
ro‘baro‘ – yuzma-yuz, ro‘parada, qarama-qarshi tomonda
da’vogar – o‘z haq-huquqini himoya etish uchun tegishli joyga arz 
qilgan kishi
g‘aflatda qolmoq – hushyorlikni yo‘qotmoq
O‘quvchilarga savollar beriladi:
– Bir kishi kimning oldiga kelib arz qilibdi?
– Da’vogar Mirzo Ulug‘bekdan nimani iltimos qildi?
– Mirzo Ulug‘bek haqiqatni qanday aniqladi?
– Mirzo Ulug‘bekning qaysi fazilati haqiqatni anglashga yordam 
berdi?
O‘quvchilarning javoblari tinglanadi, xulosa qilinadi.
“Ketma-ketlikni top” mashqi. O‘quvchilar tartibsiz beril-
gan gaplarni da’vogarning hikoyasi asosida ketma-ket joylashti-
rishlari lozim bo‘ladi. 


143
Javoblar:
● Samarqanddan Buxoroga safarga chiqdim.
● Daraxt soyasiga dam olgani o‘tirdim.
● Ovqatlanayotgan edim, bir do‘stim paydo bo‘lib qoldi.
● Uni dasturxonga taklif etdim.
● Hamyonni haligi do‘stimga berdim.
● Uyga eltib berishni iltimos qildim.
● Safardan qaytib keldim.
● Do‘stim hamyonni uyimga olib bormabdi.
● Uning oldiga borib, hamyonimni so‘radim.
● U, seni ham, daraxtni ham ko‘rgan emasman, dedi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. “Topshiriqli o‘qish” mashqi. O‘qituvchi turli 
topshiriqlarni aytadi, o‘quvchilar darslikdan topib o‘qiydilar.
Rivoyatning asosiy mazmunini yorituvchi gapni topib o‘qing.
1. 
Maqol yoki hikmatli so‘z qo‘llash mumkin bo‘lgan qismni topib 
2. 
o‘qing.
Darslikda berilgan suratga mos qismni topib o‘qing.
3. 
Yangi mavzuni mustahkamlash va o‘quvchilarning shu mavzu yu-
zasidan olgan bilimini tekshirish maqsadida “Charxpalak” texnologiya-
sidan foydalaniladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling