Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


FK 1: ularni ongli, ifodali o‘qiy olish. Tarbiyaviy


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

FK 1: ularni ongli, ifodali o‘qiy olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarga to‘g‘riso‘zlik, halollik kabi go‘zal insoniy 
fazilatlarni singdirish, birovning omonatiga xiyonat qilmaslikka, turli 
vaziyatlarda aql bilan ish tutib, oqilona yechim topishga o‘rgatish.
TK 3: yaxshi fazilatlarni o‘zida aks ettirishga harakat qilish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, ifo-
dali o‘qish, asar janrini ajrata olish, voqealar ketma-ketligini aniqlash 
malakasini rivojlantirish. 
FK 2: o‘rganilgan rivoyatning qahramonlariga baho bera olish. 
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Charxpalak” texnologiyasi, “Asar 
jan ri va muallifini aniqla”, “Ketma-ketlikni top”, “Topshiriqli o‘qish” 
mashq lari.


142
Dars jihozlari: rivoyat mazmuniga oid rasmlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash. 
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar “Chumchuq bilan chumoli” ertagini ifodali o‘qib bera-
dilar. 
“Asar janri va muallifini aniqla” mashqi. O‘quvchilar tartib-
siz berilgan turli asar nomlari, janrlari va mualliflari yozilgan 
kartochkalarni to‘g‘ri joylashtirishlari lozim bo‘ladi. 
Javob:
“Chumchuq bilan chumoli”. Ertak. Aziz Abdurazzoq.

“Sharq hikoyasi”. Ertak. Abdulla Oripov.

“Yaxshi bo‘ldi”. Hikoya. Nosir Fozilov.

“Qo‘rqoq”. Hikoya. Sunnatulla Anorboyev.

“Saxiy”. Rivoyat. Muhammad Avfiy.

“Nurxon bilan Burxon”. She’r. Miraziz A’zam.

Mashq natijalari tekshiriladi, xulosa qilinadi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Bugun biz “Yolg‘onchining izza bo‘lishi” rivoyati bilan tanishamiz.
“Yolg‘onchining izza bo‘lishi” rivoyati lavhasi ko‘rsa tiladi, 
matni kadr ortidan o‘qib beriladi. 
Ertakda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tka-
ziladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling