Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

FK 1o‘qilgan matnning mazmunini tushunib olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni yaqinlariga mehribon bo‘lish, ota-onasini 
hurmat qilishga o‘rgatish.
TK 5: yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish.
Rivojlantiruvchi: 
o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlash qobili-
yatlarini, asar qahramonlarini tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘rganilgan she’rning nomi, mazmunini ajrata olish. 
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: 
savol-javob, “Qofiyadoshini top”, “Zanjir” o‘yin lari.
Dars jihozlari: ko‘rgazmalar, tarqatma materiallar, multimedia ilova-
lari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Eng ulug‘ fazilat” ertagi o‘qitiladi, mazmuni 3-4 nafar o‘quvchiga 
hikoya qildiriladi. Ertak yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
 
– Eng ulug‘ fazilat nima ekan?
– Qaysi o‘g‘il javobi otaga ma’qul keldi?


45
O‘quvchilar bergan javoblar to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni. 
 
– Bugun biz Munavvar qori Abdurashidxonovning “Har kim ekka-
nin o‘rar” ertagi bilan tanishamiz.
O‘quvchilar bilan ota va bola orasidagi hurmat, e’zoz haqida suh-
batlashiladi, savol-javob o‘tkaziladi.
 
– Ota va bola orasida qanday umumiylik bor?
 
– Siz ota-onangizga qanday munosabatda bo‘lasiz?
O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi. She’r mualli-
fi haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
Ertak audio orqali o‘qib eshittiriladi. Ertak mazmuni tu shun -
tiriladi. Notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tka ziladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling