Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

“T-chizma” metodi orqali qahramonlarga tavsif beriladi.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘rganilganlar yuzasidan savol-javoblar o‘tkaziladi.
Salbiy odatlar aks etgan yana qanday ertaklarni bilasiz?
1. 
Chaqimchilik haqida maqollar bilasizmi?
2. 
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Chaqimchiga “mukofot” ertagini o‘qish.
28-d a r s
Mavzu: “Omonatga xiyonat” (Ertak).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Omonatga xiyonat” ertagi bilan tanishti-
rish, ularga omonatga xiyonat qilmaslik haqida tushuncha berish.
FK 1: matnning mazmuniga mos maqol va hikmatli so‘zlarni topa olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarga yaxshi va yomon xislatlar haqida tushuncha 
berish, ularni mavzudan to‘g‘ri xulosa chiqarishga, o‘zlarida yaxshi xislat-
larni tarkib toptiruvchi bilim, ko‘nikma va malakalarni kengaytirish.
TK 4: ertakda xilma-xil shaklda namoyon bo‘lgan qahramonning
halolligiga xolis mulohaza yurita olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini, lug‘at 
ustida ishlash, qayta hikoya qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘rganilgan ertak qahramonini ajrata olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, tushuntirish, “Sirli raqamlar” ta’limiy o‘yini.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilova lari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash. 
IIUy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar “Chaqimchiga “mukofot” ertagini o‘qib, so‘zlab beradilar. 
“Sirli raqamlar” o‘yini. Bu o‘yinni o‘tkazish uchun darsda faol 
ishtirok etgan o‘quvchilardan yetti nafari xattaxta yoniga chiqa-
dilar, o‘qituvchi stol ustiga teskari qilib qo‘yilgan harflardan 
o‘quvchilarga bittadan olishini aytadi.
O‘quvchilar qarsak yordamida tovush chiqarib “XIYONAT” so‘zini 
hosil qiladilar.


48
O‘quvchilarga umumlashtiruvchi savollar beriladi:
1. Xiyonat so‘zi nechta harf va nechta tovushdan iborat? (7 ta harf 
va 7 ta tovush)
2. So‘z nechta bo‘g‘inli ekan? (3 ta bo‘g‘inli)
3. Xiyonat so‘zining ma’nosi nima?

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling