49
30-d a r s
Mavzu: “Ikki saxiy”
(
Murod Xidir). 1-qism.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Ikki saxiy”
ertagi bilan tanishtirish, yax-
shilik qilishga o‘rgatish, matnni ifodali o‘qish ko‘nikmalarini
takomil-
lashti rish.
FK 1: o‘qilgan matnning mazmunini to‘liq og‘zaki
bayon qila
olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda saxiylik
,
insoniylik, bag‘rikenglik, ochiq-
qo‘llik kabi
fazilatlarni shakllantirish.
TK 5: yaxshi va yomon odatlarni
bir-biridan farqlay olish,
yaxshi
fazilatlarga rioya qilish.
Rivojlantiruvchi:
o‘quvchilarning
erkin va mustaqil fikrlash,
o‘g‘zaki nutqini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol
va topshiriqlarga javob
bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “
Yashiringan so‘zni top
”
o‘
yini,
“Blis-o‘yin” texnologiyasi.
Dars jihozlari:
tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar “Omonatga xiyonat” ertagini
qayta hikoya qilib bera-
dilar.
Ertak mazmuni asosida savol-javob o‘tkaziladi.
1. Omonat deganda nimani tushunasiz?
2. Safarga ketayotgan kishi o‘z do‘stiga nimani omonat topshirdi?
3. Qozi omonatga xiyonat qilganini qanday aniqladi?
4. Xiyonatkorlik qanday xislat?
5. Xiyonatkorni do‘st deb ayta olamizmi?
– Biz sizlar bilan vafodorlik, birovga yaxshilik qilish, qadr lash, oliy-
janoblik kabi fazilatlar bilan ushbu asarlar orqali tanishdik. Yana shunday
fazilatlarni bilasizmi? (saxiylik, mehmondo‘stlik, mehribonlik).
Do'stlaringiz bilan baham: