Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
oqish metodika 4 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
- III. Yangi mavzu bayoni.
- “Bu meniki” o‘yini.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning so‘zlar ma’nolarini izohlay olish,
savollarga to‘liq javob berish malakalarini shakllantirish, lug‘at boyligi- ni oshirish. 56 FK 2: she’r mazmunidan ta’sirlana olish. Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi. Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, “Bu meniki”, “Ma’nodosh so‘zni top”, “Sehrli sandiqcha” mashqlari. Dars jihozlari: gullar tasvirlangan rasmlar, so‘z va gaplar yozilgan tarqatmalar, sandiqcha maketi, multimedia ilovalari. Darsning borishi: I. Tashkiliy qism. Salomlashish. Davomatni aniqlash. II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash. O‘quvchilarning “Ma’naviyat – qalb quyoshi” bo‘limidagi she’r va hikoyalar asosida “Inson odobi bilan go‘zal” mavzusida yo- zib kelgan insholari tekshiriladi. Ayrim insholarni o‘qib beradilar. O‘quvchilar o‘tilgan mavzular yuzasidan bir-birlariga savollar beri- shadi. III. Yangi mavzu bayoni. Yangi bo‘lim va mavzu e’lon qilinadi. “Xalq og‘zaki ijodi”. “Qo‘- shiq lar qanotida”. “Boychechak”. O‘qituvchi o‘quvchilarga xalq og‘zaki ijodiga nimalar kirishi haqida ma’lu mot beradi. Video namoyish etiladi. – Xalq og‘zaki ijodi xalqimizning ming yillar mobaynida yarat- gan sehrli-fantastik ertaklari, xalq dardi, istak-xohishi, orzu- umidlari ifodalangan qo‘shiqlar, bolalarning quvnoq o‘yin-qo‘shiqlari, hozirjavoblik, topqirlik taqozo etadigan topishmoqlar, xalqning hayo- tiy xulosasi tarzida yuzaga kelgan purhikmat maqollar, sehr-jozibaga yo‘g‘rilgan rivoyatlarni o‘z ichiga oladi. “Bu meniki” o‘yini. O‘quvchilarga “ertak”, “topishmoq”, “maqol”, “rivoyat”, “tez aytish”, “latifa”, “afsona”, “xalq qo‘shiqlari” kabi so‘zlar yozil- gan qog‘ozlar tarqatiladi. – Aziz o‘quvchilar, hozir siz audio tasma orqali xalq og‘zaki ijodi janrlariga oid ta’riflarni eshitasiz. Qaysi o‘quvchi qo‘lidagi so‘zga oid ta’rifni eshitsa, darhol “bu meniki” deb javob berishi lozim bo‘ladi. Masalan: Avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan, voqea va hodisalarni, in- son faoliyatini ba’zan uydirmalar vositasida, ba’zan real tasvirlovchi og‘zaki hikoya. (Rivoyat) To‘qima va uydirmaga asoslangan, sehrli-sarguzasht va maishiy mazmundagi badiiy asar. (Ertak) Hayotiy tajriba asosida xalq tomonidan yaratilgan, odatda pand- nasihat mazmuniga ega bo‘lgan ixcham, obrazli, tugal ma’noli va hik- matli ibora. (Maqol) Kulgili voqea-hodisa haqidagi kichik hikoya. (Latifa) 57 Avloddan-avlodga, og‘izdan-og‘izga o‘tib kelgan uydirma, to‘- qi madan iborat, ba’zan diniy mazmundagi hikoya. (Afsona) Topilishi kerak bo‘lgan narsa, hodisa va shu kabilarning ramz va o‘xshatmalar orqali ifodalangan qisqa tavsifi. (Topishmoq) Yanglishib ketish mumkin bo‘lgan, qofiyadosh, o‘xshash so‘z- larning jumlalarini adashmay, tez talaffuz qilish. (Tez aytish) – Barakalla bolajonlar, bugun biz sizlar bilan xalq og‘zaki ijodi na- munalaridan biri bo‘lgan “Boychechak” she’ri bilan tanishamiz. O‘qituvchi o‘quvchilarga she’rni ifodali o‘qib beradi. O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi. – Bu she’r nima haqida ekan? – Uni eshitganingizda ko‘z oldingizga nimalar keldi? O‘quvchilar she’rni mustaqil o‘qiydilar. She’rda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling