Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

Tarbiyaviy: o‘quvchilarni mehnatsevarlikka o‘rgatish, milliy an’-
ana larimizni hurmat qilish ruhida tarbiyalash. 
TK 5: she’rda aks etgan umuminsoniy va milliy qadriyatlarni ang-
lash.


60
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlash qobili-
yatlarini, lug‘at ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2o‘qilgan she’r mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob 
bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: tushuntirish, savol-javob, “Yosh dehqon” ta’limiy 
o‘yini.
Dars jihozlari: mavzuga oid ko‘rgazmalar, multimedia ilovalari. 
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. 
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Oftob chiqdi olamga” she’ri o‘qittiriladi, 3-4 nafar o‘quv-
chidan yoddan so‘raladi. Avvalgi mavzu yuzasidan savol-javob 
o‘tkaziladi.
“Oftob chiqdi olamga” qo‘shig‘i qachon kuylanadi?
– Yana qanday xalq qo‘shiqlaridan bilasiz?
O‘quvchilar bergan javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
– Bugun biz xalq qo‘shiqlaridan biri bo‘lgan “Xo‘p hayda” she’ri 
bilan tanishamiz.
O‘quvchilar bilan xalq qo‘shiqlari, yig‘im-terim davri haqida suh-
batlashib, fikrlari tinglanadi. 
– Yig‘im-terim davrida dehqonlar nima bilan shug‘ullanadi?
– Dehqonlar ish vaqtida qanday qo‘shiqlar kuylaganlar?
O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi. Xalq og‘zaki 
ijodi haqida qisqacha suhbat o‘tkaziladi.
O‘qituvchi “Xo‘p hayda” she’rini ifodali o‘qib beradi. She’r maz-
muni tushuntiriladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida 
“Xo‘p hayda” she’ri o‘quvchilarga navbat bilan o‘qitiladi.
O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:
“Xo‘p hayda” qo‘shig‘i qaysi paytda aytilgan?
– 
Xirmon egasi otini qanday so‘zlar bilan erkalatadi?
– 
O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi, tarbiyaviy 
xulosa chiqariladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling