Bo‘z tuproqlar mintaqasi
Download 1.04 Mb.
|
Мел-да илм изла усл к- лотинча
A
4.2 - chizma. 90 sm. li egat oralig„ida traktor kultivatori o„tguncha o„rnatilgan chuqurlik o„lchagich. CHuqurlik o„lchagich uzunligi 90sm., kesmasi 3x5 sm li taxtachadan iborat. Taxtachaning har 15 sm. da 3 tadan teshik ochilgan. Ularga uzunligi 50 sm. li, to„rt burchakli, kesmasi kichik bo„lakchalar har 1 sm. da har 5 sm. da katta bo„lakchalar tushirilgan. Bu bo„lakchalar kultivatsiyaning haqiqiy kengligi, egat kengligini o„chash imkonini byeradi.
CHuqur o„lchagich (reyka)lar bo„lakchalari 1 sm. dan, yuqoriga qarab, 1sm dan 50 sm gacha. Bo„lakchalar kultivatsiya chuqurligini birdaniga uch joydan o„lchash imkonini yaratadi. Tik chuqur o„lchagichlar chuqurchalarga 90 sm.li egat oralig„ida ko„ndalang planka chetida 15 sm, 60 sm. egat oralig„ida plankacha chekkasida 30 sm. li bo„lakchada va o„ng tomonda planka chetidan 15 sm. da o„rnatiladi. Kultivatsiyalashda o„g„it solish yoki egat chuqurligini o„lchash uchun chuqur o„lchagich egat orasiga kultivator ishchi organlari o„tguncha o„rnatilib, tegishli ma’lumotlar yozib olinadi va ishchi organlar o„tgandan so’ng yana o„rnatilib, o„lchanadi. Asbob har bir egat oralig„ida to’g’ri chiziq bo„ylab chapdan o„ng tomonga qarab o„rnatiladi. Reykalar tuproqqa tegishi bilan o„lchov boshlanadi. O„lchash 0,5 sm. aniqlik bilan o’tkaziladi. Reyka bo’yicha hisob chapdan o„ngga tomon olib boriladi. Ko„rsatkichlar yozib olingach, ushbu joy qoziq qoqib belgilanadi va asbob keyingi egatga ko„chiriladi. Bunday o„lchashlar variantning 5 joyida amalga oshiriladi. Kultivator ishchi organlari o„tgandan keyin, birinchi marta asbob o„rnatilgan joydagi yumshatilgan tuproq ehtiyotlik bilan olib tashlanib, yana asbob o„rnatiladi, reykalar tushiriladi, o„lchov bajarilib, ma’lumotlar yozib olinadi va o„rtachasi hisoblanadi. Misol: asbob 60 sm. li egat oralig„iga o„rnatilgan. Kultivator o„tguncha chuqurlik 1-reykada 4 sm, 2-reykada 5 sm va 3-reykada 3 sm. Kultivator o„tgandan keyin bu ko„rsatkich 1-reykada 9 sm, 2-reykada 15 sm, 3-reykada 10sm. birinchi o„lchov ko„rsatkichlarini ikkinchisidan ayirib, kultivatsiyaning amaldagi chuqurligi chiqariladi. Kultivatsiya chuqurligini o„lchash 4.1-jadvalda keltirilgan shaklda yozib boriladi. 4.1-jadval 60 sm.li egat oralig„ida kultivatsiya chuqurligini o„lchash natijalari
O„g„it solish chuqurligi yoki egat chuqurligini aniqlash ham yuqorida qayd etilgan tartibda bajariladi. Begona o‘tlarni sanash. Kuzgi Shu dgor chuqurligi yoki texnologiyasi, bu tadbir bajariladigan qurollar, yerta bahorgi va ekish oldidan tuproqni tayyorlash usullari, qurollari va soni, kultivatsiya chuqurligini o„rganish, kultivatsiya ishchi organlari samaradorligi, ular sonini aniqlash ishlari begona o‘tlami hisobga olish bilan birga olib borilishi kerak. Begona o‘tlami tuproqqa ishlov berish bo’yicha o’tkaziladigan tajribalarda hisobga olish ular sonini kamaytiruvchi yoki ko‘paytiruvchi choralar ishlab chiqish imkonini byeradi. Begona o„tlar har bir variantda quyidagi muddatlarda hisobga olinadi: yerta bahorgi tirmalashgacha, dalaga ekish oldidan, ishlov byerishgacha, har bir kultivatsiyadan avval va paxta tyerimidan oldin. Begona o„tlar holatini kuzatish uchun doimiy yoki muvaqqat maydonchalar belgilanadi. Ba’zida bu maydonchalarda o‘tlarnmg quruq vaznini aniqlash zarur Л bo’ladi. Maydonchalar yuzasi 1-2 m va undan kattaroq bo„lishi kerak. Ular bo„lakning hisobli qismidan, bir tekislikdagi 5 yoki 10 joydan tanlanadi. Egat oralariga ishlov berish boshlanguncha begona o„tlar barcha maydonchalarda, kultivatsiyadan keyin g‘o‘zaning har bir qatoridagi himoya yo„lakchalarida hisobga olinada: Har bir kuzatuv maydonchasi g‘o‘zaning ikki qatorini qamrab olish darkor. Begona o„tlarni hisoblashda quyidagi turlarga ajratiladi: bir yillik va ko’p yillik, ildizpoyali, ildiz tugunakli. Variantlar orasidagi farqni aniqlash uchun o„tlar sanalibgina qolmay, ularning balandligi ham o„lchanadi, ehtiyotkorlik bilan yulib olinib, vaznini o„lchash uchun quritiladi. Nazorat savollari: Tuproqning fizik hossalaridagi tuproqning morfologik tuzilishi nima? Tuproqning fizik hossalaridagi tuproqning hajm og‘irligini, g‘ovakligi qanday aniqlanidi? Tuproqning fizik hossalari mexanik tarkibini, donadorligini, zichligini va qattiqligini qanday aniqlanadi? Qishloq xojaligi ekinlarini sug‘orish tartibi va mavsumiy suv sarfini belgilash bo‘yicha tajribalarni o‘tkazish. Sug‘orish usullarini qo‘llash bo‘yicha tajribalar qo‘yishni tashkil etish. Qishloq xo„jaligi, sanoat va kommunal-maishiy tarmoqlari ehtiyojlari uchun suv olish, taqsimlash va undan foydalanish bo’yicha amalga oshiriladigan tashkiliy-texnik va xo’jalik tadbirlari majmuasiga suvdan foydalanish deb ataladi. Xo„jaliklararo suvni taqsimlash ekinlarning maqbul sug’orish tartibi asosida rejalashtirilishi kerak. Rejali suvdan foydalanishning asosi ekinlarning sug’orish tartibi, sug’orish texnikasi va texnologiyasidir. Tuproqning faol qatlamida muayyan tabiiy va agrotexnikaviy sharoitda belgilangan ekin maydonini maqbul nam va oziqa tartiblari bilan ta’minlaydigan sug’orish me’yorlari, sug’orish muddatlari va sug’orish soni yig„indisi sug’orish tartibi deb ataladi. Suv berish me’yori deb 1 ga maydonga bir marta suv byerishda sarflangan suv miqdori tuShu niladi. Mavsumiy suv berish me’yori deb sug’oriladigan 1 ga maydonga mavsum davomida byeriladigan umumiy suv miqdoriga aytiladi.
S qishloq xo’jalik ekinlarining turi, rivojlanish fazalari. (G’o’za, sholi, boshoqli ekinlar, sabzavotlar); S sug’orish texnikasi va sug’orish usuli; S qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligi va suv iste’moli koeffitsenti; S iqlim sharoitlari (vegetatsiya davridagi havo tempratura yig„indisi, atmosfyera yog„inlari yig„indisi, shamol tezligi va namlikning bug„lanishi); S tuproqning tuz rejimi va gidrogeologik sharoitlari. O’zbekistonning sug’oriladigan hududlari iqlim va tuproq sharoitlari bilan bir - biridan ancha farqlanadi. Bu holatda suvdan oqilona foydalanish maqsadida gidromodul rayonlashtirish prinsiplari ishlab chiqilgan. Gidromodul rayonlashtirishning asosiy maqsadi - yerlarning meliorativ holatini buzmagan holda eng kam suv sarflab, mo„l paxta hosili olinishini ta’minlaydigan va G’o’zani sug’orishning har bir hududning tabiiy sharoitlariga eng mos keladigan miqdori va rejimini aniqlashdir. Gidromodul rayon bu - sug’orish va sho’r yuvish uchun sarflanadigan suv miqdori jihatidan bir xil yer maydonlari guruhi tuShu niladi. Hozirgi davrda gidromodul rayonlashtirishda TuproqShu noslik va agrokimyo instituti tomonidan ishlab chiqilgan tuproq-iqlim rayonlashtirilgan ishlanmasiga asoslanadi (4.1.1-rasm). rasm. Tuproq-iqlim rayonlashtirish chizmasi Ekinlarning suvga bo’lgan talab miqdorini belgilaydigan bug„lanish va transpiratsiyani aniqlovchi kompleks tabiiy sharoitda O’zbekistonning sug’oriladigan zonasi 8 ta tuproq-iqlim mintaqaga ajratilgan. Quyi Amudaryo (Qoraqalpog‘iston avtonom Respublikasi va Xorazm viloyati), Chirchiq-Angren (Toshkent viloyati), Farg’ona (Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlari), Mirzacho’l (Sirdaryo va Jizzax viloyatlari), Zarafshon (Samarqand va Navoiy viloyatining bir qismi), Buxoro (Buxoro va Navoiy viloyatining bir qismi), Qashqadaryo (Qashqadaryo viloyati), Surxandaryo (Surxandaryo viloyati). Ko„rsatilgan 8 ta okrugning har birining sug’oriladigan yerlari 9 ta gidromodul rayonlarga ajratiladi (4.1-jadval). 4.1-jadval. Gidromodul rayonlarning tasnifi (S.Rijov va N.Bespalov ma’lumotlari bo„yicha)
Samarali suv berish va mavsumiy sug’orish me’yorlari, o‘simlikning rivojlanish fazalariga qarab maqbul sug’orish muddatlari va ularning soni O„zPITI tomonidan aniqlangan, (4.11.2-jadval). 4.1.2-jadval O‘zPITI tavsiyalariga asosan gidromodul rayonlar bo’yicha g‘o‘zaning sug’orish tartiblari
Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling