Bo‘z tuproqlar mintaqasi
Download 1.04 Mb.
|
Мел-да илм изла усл к- лотинча
Hosil pishishi davridagi sug’orishlar. G’o’za etilish davriga kirishi bilan uning o„sish jarayonlari sekinlashadi. Bu vaqtda oziq moddalar barglar va poyalardan ko„saklar tomon zo„r byerib o„tadi; traspiratsiyaga va tuproq yuzasidan
-5 bug„lanishga sutkasiga 30-40 m /ga suv sarflanadi. Kechiktirilgan yoki katta me’yorlardagi sug’orishlar natijasida tuproq sovub, qatorlardagi havoning namligi oshadi, shoxlar qayta o„sa boshlaydi, tuplarning yotib qolish ehtimoli oshadi, hosilning pishishi sekinlashadi. Hosil pishish davridagi sug’orishlarni Shu nday o’tkazish lozimki, bunda qayta vegetativ o„sish bo„lmasin va etilayotgan ko„saklar me’yorida oziqlansin. -5 Sizot suvlar sathi chuqur bo’z tuproqlarda sug’orishni 800-900 m /ga me’yorda o„tkazib, sentyabrning boshida tugallash kerak. Shu suv defoliatsiya o’tkazishgacha tuproq namligini me’yorda saqlash uchun kifoya qiladi. Suv bilan etarli ta’minlangan G’o’za barglari defoliatsiyada yaxshi to„kiladi. Defoliatsiyadan keyin G’o’za sug„orilmaydi, aks holda, barglar yana o„sib chiqadi. Sizot suvlar 2-3 va 1-2 m chuqurlikda bo„lganda bir marta sug’orish mumkin, 1 metrgacha bo„lganda G’o’za sug„orilmaydi. Nazorat savollari: Qishloq xo ‘jaligi ekinlarini sug ‘orish me’yorlarini qo ‘lrefraktometri orqali aniqlash qanday amalga oshiriladi? Qishloq xojaligi ekinlarini sug‘orish muddatlarini qo‘lrefraktometri orqali aniqlash qanday amalga oshiriladi? Qishloq xo ‘jaligi ekinlarini sug ‘orish muddatlari va me ’yorlarini qo ‘lrefraktometri orqali aniqlash nima uchun kerak? Qishloq xojaligi ekinlarini etishtirishda olib borilgan tajribalarida yer ustidan sug‘orish usullari. Sug‘orishda suv sarflarini aniqlash usullari: yer ustidan, tomchilatib, yomg‘irlatib sug‘orish usullarida suv sarfi, tomizgichlardagi suv sarfi va yomg‘ir jadalligini aniqlash usullarini aniqlash. Yer haydash oldidan sug‘orish. Sahro mintaqasida, Shu ningdek, bo’z tuproqlar mintaqasining bir qator tumanlarida kuzgi Shu dgor sifatli bo„lishi va katta kesaklar ko„chmasligi uchun haydov oldi sug’orishi o’tkaziladi. Haydov oldi sug’orishi kuzda yerlar qaqshab quriydigan hududlar uchun ayniqsa muximdir. Bunday yerlar sug„orilmasdan haydalsa, yirik kesak ko„chadi, bu esa yerlarni ekishga tayyorlash va chigit ekish paytida katta qiyinchiliklar tug„diradi. Haydov oldi sug’orishlari G’o’zapoyalar yig„ishtirib olingandan keyin 35-40 sm qatlamdagi -5 tuproqni nimiqtirish uchun suvni kichik me’yorlarda (500-600 m /ga) egat tashlab oqizish yo„li bilan o’tkaziladi. Sizot suvlar sathi chuqur yerlardagi bedapoyalar haydovdan 10-15 kun oldin sug„oriladi. Shu nda Shu dgor sifatli chiqadi, ildizlar tuproqqa chuqur ko„miladi. G‘o‘za-bug‘doy navbatlab ekish dalalarida sug’orishni kuzgi bug’doy -5 o„rimdan so’ng 300-400 m /ga suv sarflab o’tkazish, yerni mayin haydalishini ta’minlaydi. Shu dgorlashning sifati butun dalani bir tekis namlanishiga bog„liq. Pastqam joylarni ko„llashiga va quruq yer qolishiga yo„l qo„yilmaydi. Yerta bahorgi va ekish oldi sug‘orishlari. YOg„ingachilik kam bo’ladigan hududlarda tekis ko„chat undirib olish va tuproqda zarur nam zahirasini yaratish maqsadida yerta ko„klamgi va ekish oldi sug’orishlarini o’tkazish tavsiya etiladi. Och tusli bo’z tuproqlarda, sahro zonasining taqirli tuproqlarida hamda umuman sizot suvlar chuqur joylashgan yerlarda bu tadbir ayniqsa zarurdir. Yerta bahorgi sug’orish me’yorlari tuproqning nam defitsitiga bog„liqdir. -5 Og’ir tuproqlarda bu me’yorlar gektariga 1000-1200m/ga, nam sig„imi kam -5 bo’lgan engil qumoq, qumloq tuproqlarda 800-900 m atrofida. Ekish oldidan o’tkaziladigan yerta ko„klamgi sug’orishlar chigit suvi byermagan holda G’o’za nihollarini tekis undirib olish va qo„shimcha 3-4 s/ga paxta hosili olish imkoniyatini yaratadi. Bunday sug’orishlar tuproqda maqbul namlik vujudga kelishiga va chigitni uvoqli tuproqqa ko„milishiga hamda G’o’za nihollarini tekis paydo bo’lishiga yordam byeradi. Bundan tashqari, sug’orish ntijasida bir yillik begona o„tlar unib chiqadi va ular yerga ekish oldi ishlov berish paytida yo„qotiladi. Yerta bahorgi sug’orishlar, ularning muddatlari va me’yorlari turli tuproq sharoitlariga moslashtirib tabaqalashtirilishi zarur. Mexanik tarkibi og’ir tuproqlarda sug’orishni barvaqt yerta ko„klam davrida (fevral-martda) o’tkazish lozim. Shu nda ekish paytiga borib tuproq yaxshi bo„rqsiydi, ekish davridagi dala ishlarining tig„izligi ham kamayadi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling