Bo‘z tuproqlar mintaqasi
Download 1.04 Mb.
|
Мел-да илм изла усл к- лотинча
Tuproqdagi zarur fiziologik namlik zaxirasi yuqoridagi formulada hismoblanadi, faqat Wm qiymatiga olinadi(% tuproq og„irligiga nisbatat). Bu qiymat suv byerilmaydigan (lalmi sharoitda) yoki tankis bo„lganda o„simlik iste’mol kiladigan tuproqdagi suv zaxirasidir. Nazorat savollari: O ‘simliklarni etishtirishda tuproqning namligi aniqlash usullari qanday priborlar bilan aniqlanadi? O ‘simliklarni etishtirishda tuproqning namligi aniqlashda klassik usul nima? O ‘simliklarni etishtirishda tuproqning namligi aniqlash nimaga kerak? Sug’orish usullari hamda me’yorlarini ekinlarning o„sib rivojlanishiga ta’siri. Sug’orish suvi o„simlikning o„sishi davrida uning quruq massasini hosil qilish uchun ishlatiladi. Qolgani o„simlikning barglari va tanasi orqali bug„lanishiga - transpiratsiyaga sarflanadi. Transpiratsiya- o„simliklarning barglaridan suvning bug„lanishidir. Transpiratsiya koefitsienti-o‘simlikning bir birlik quruq massasini hosil qilish uchun sarflangan suv miqdoridir. Noto’g’ri sug’orish - tuproq strukturasini buzadi, xavo va ozuqa rejimi buziladi, ildiz joylashgan faol qatlamdan ozuqa elementlarini pastga yuvib ketadi, sizot suvlari satxi ko„tariladi, botqoqlanish va sho’rlanish yuzaga keladi, o’simliklar hosildorligi pasayadi, tuproqning yuvilishi va atrof muxit ifloslanishiga olib keladi. Sug’orish ta’sirida tuproqning agronomik xususiyatlari, suv-xavo, issiqlik, ozuqa rejimlarida, tuproqning mikrobiologik faolligi, sug’oriladigan may donning mikroiqlim sharoitida katta o’zgarishlar bo’ladi. Sug’orish tuproq zarralarini bir-birlariga yopishib turish kuchlarini o„zgartiradi. Sug’orish - xududlarning mikroiqlim sharoitiga katta ta’sir etadi - atmosfyeraning yer yuza qismi va tuproqning yuqori qatlamlarining tempyeraturasi, namligi o„zgaradi, suv o„simliklarning tanasi va bargida saqlanib, uning tempyeraturasini pasaytiradi, yaxshi rivojlanib, soyasi kengayib, tuproqning issiqlik rejimini yaxshilaydi. Sug’orish - tuproq xosil bo’lish jarayoniga ta’sir etib, uning tuz va xavo rejimi, kimyoviy va mikrobiologik jarayonlarga, organik moddalarni to„planishi va chirish muddatlariga ta’sir etadi Sug’orish bilan tuproqqa il zarrachalari kiradi, ularning cho„kishi natijasida unumdor qatlam yuzaga keladi. Suv tuproqdagi ozuqa elementlarini yeritib, o„simliklarning oziqlanish rejimini yaxshilaydi. Sug’orish natijasida tuproqda mikrobiologik jarayonlar faollashadi: ammonifikatsiya i nitrofikatsiya (azot xosil qiluvchi baktyeriyalar faolligi) nitijasida o„simliklarning azot bilan oziqlanishi yaxshilanadi. Sug’orish natijasida o„simlikning ildiz qismi kuchli rivojlanishi natijasida tuproq ko’p miqdorda uning qoldiqlari - organik moddalar bilan boyiydi. Sug’orish o„simliklarda katta barg yuzasi, kuchli ildiz tizimi, katta vegetativ massani ta’minlab, uning hosildorligi va hosili sifatini oshishiga olib keladi. Sug’orish suvining sifati Sug’orish suvi sifatiga undagi oqiziqlar kattaligi, minyeralizatsiyasi va tempyeraturasi bo’yicha talablar qo„yiladi.
O„simliklarning o„sishi, rivojlanishi va hosildorligiga sug’orish suvining tempyeraturasi katta ta’sir qiladi. Issiq suv (20o S dan issiq) bilan ekinlar sug„orilsa, uning ildiz tizimi yaxshi rivojlanadi, o„simlik tez rivojlanadi, xosilining sifati oshadi, bir birlik hosilga sarflanadigan suv 6-20% ga kamayadi, hosildorligi 20% ga oshadi. Sovuq suvlarni isitib, so’ng foydalanish tavsiya etiladi. Nazorat savollari: Sug ‘orish usullarini ekinlarning o ‘sib rivojlanishiga ta ’siri nima? Sug ‘orish me’yorlari ekinlarning o ‘sib rivojlanishiga ta ’siri nima? Sug ‘orish usullari va me’yorlarini ekinlarning o ‘sib rivojlanishiga ta ’siri qanday aniqlanidi? Sug’orish usuli va sug’orish tartiblarini ekinlarning o„sish va rivojlanishiga ta’sirini aniqlash: G’o’zada fenologik kuzatuvlarni tashkil etish. Dala tajribalari «Metodbi agroximicheskix, agrofizicheskix i mikrobiologicheskix issledovaniy v polivnbix xlopkovbix rayonax» (SoyuzNIXI, 1963 g.) va «Metodika polevbix opbitov s xlopchatnikom» (SoyuzNIXI, 1981 g.) va O„zPITI da ishlab chiqarilgan uslubiy qo„llanma (2007) lari asosida olib boriladi. Tajriba olib borishda tuproq bilan amalga oshiriladigan ishlar. Tajriba qo’yishdan oldin sho’rlanmagan, kuchsiz va o’rtacha sho’rlangan yerlarda paykal diogonali bo’yicha 2-tadan fundamental tuproq kesimi (1,5-metr chuqurlikda) qozilib, genetik gorizontlar ta’riflanadi va har-bir gorizontdan tuproq namunalari olinib,tuproqni yuvishdan oldin tajriba dalalaridan 1,5 chuqurlikda tuproq kesmalari kovlanadi, ularni genetik gorizontlari ta’riflanadi, har bir gorizontdan tuproq namunalari olinib, undagi suvda yeruvchan tuzlar (suvli so„rim) aniqlanadi. Bu ish tuproq yuvilgandan keyin qaytariladi. Tuproq to sho’rlanmagan, kuchsiz va o’rtacha Shu rlangan darajaga kelguncha yuviladi. Tuproq sho„ri iyulning birinchi 10 va avgustning ikkinchi 10 kunligida ham 1,5 metr chuqurlikda aniqlanadi. Shu ko„rsatilgan muddatlarda sizob suvlar chuqurligi va minyeralizatsiyasi har bir ko„rsatilgan tuproqlarda (sho’rlanmagan, kuchsiz va o’rtacha sho’rlangan yerda) aniqlanadi, Shu ningdek uni tarkibidagi gumus, NPK va NP-ning o„simlik oson o„zlashtiradigan va K-ning almashinuvchan xillari aniqlanadi. Shu tuproqlardan suvli so„rim tahlili ham qilinadi. CHigitni unib chiqish davridan boshlab to to’liq unib chiqqanga qadar har-bir variantdan 0-5, 5-10, 10-20 sm chuqurliklardan tuproq namunalari olinib, suvli so„rim aniqlanadi. G’o’za 2-3 chinbarg chiqargandan keyin 0-30, 30-50 sm chuqurlikdan tuproq olib, uni tarkibidan suvli so„rim va NPK-ning o„simlik oson o„zlashtiradigan (podvijnbie) xillari aniqlanadi. Shu muddatning o„zida qo„l refraktometri bilan barg konsentratsiyasi aniqlanadi. G’o’za shona va to„la gulga kirgan paytlarda 0-30, 30-50, 50-70, 70-100 sm chuqurliklardan o„g„it solishdan oldin va o„g„it solingandan keyin (2-kun) tuproq namunalari olinib, 3- punktda ko„rsatilgan tahlillar qaytariladi. G’o’za hosilini pishish davrida (1-2 ko„sak ochilganda) 4- punktda ko„rsatilgan tahlillar qaytariladi. O„simlik bilan olib boriladigan ishlar. CHigit to„la unib chiqish muddati aniqlanib, yagonadan keyin va paxta tyerimi oldidan bir gektardagi ko„chatlar soni aniqlanadi. O„zPITI uslubiyatida ko„rsatilganidek fenologik kuzatish ishlari olib boriladi. Paxta tyerimi va uni hisoboti hamma variant qaytariqlarida amalga oshiriladi. Har-bir variantning 1 va 3 qaytariqlaridan 50 dona ochilgan ko„sakdan har- bir tyerimda namunalar olinib, tarozida tortiladi va har-bir ko„sak paxtasining vazni aniqlanadi. Bu paxta namunalaridan uning sifat ko„rsatkichlari ham aniqlanadi. Har-bir variantdan, vegetatsiya oxirida. 4-tadan tipik G’o’za sug„irib olinib, uni tarkibidagi NPK, minyeral va organik holatlari aniqlanadi. Agrofizikaviy tahlillar Tajriba boshlashdan oldin va oxirida tuproqning xajm massasi (0-30, 30-50, 50-70, 70-100 sm chuqurliklarda) aniqlanadi. 103
Tajriba qo’yishdan oldin, tajriba dalasi tuproqlarining suv o’tkazish, namni ushlab qolish qobiliyatlari kapillyarlik xossalari aniqlanadi. Tuproqning mexanik tarkibi geksometofasfat natriy dispyergatorni ishlatib, yuqorida ko„rsatilgan chuqurliklardan aniqlanadi. G’o’za taqirsimon tuproqlar uchun aniqlangan cheklangan dala nam sig„imi (CHDNS) asosida sug„oriladi, lekin Shu ning bilan birga. laboratoriya sharoitida G’o’zani so„lish namligi har-bir tuproq (sho’rlanmagan, kuchsiz va o’rtacha sho’rlangan) uchun alohida o„rganilib, o„simlikning fiziologik namni o„zlashtirishi mumkin bo’lgan namlik aniqlanib, har-bir tuproq sho„rida o„stirilgan G’o’zani sug’orish suviga tuzatish kirgiziladi. Bu tahlillar tajribaning birinchi yili maboynida, Shu ningdek refraktometrni ko„rsatkichi 12% (G’o’za shonaga kirguncha), 14% (gullash-pishish davrigacha), 16% (pishish davrida) va Shu fazalarda tegishlicha 14, 16 va 18% ga kelganda G’o’za sug„oriladi. Qolgan yillar sug’orish faqat refraktometr ko„rsatgichi bilan amalga oshiriladi. Barg konsentratsiyasini G’o’zaning uchidan, pastga 3-bargidan 9 marta aniqlanadi. Tajriba dalasi tuproqlarida mikroorganizmlarni aniqlash Sho’r tuproqlarda, uning tarkibidagi nam konsentratsisining oshishi natijasida o„simlikda metobolistik buzilishi, uning biologik faolligini pasaytirishiga olib keladi. Shu ningdek, bu holat tuproqda ketadigan jarayonlar: nitrifikator, azotobaktyer, ammonifikator, yog„ kislatasi hosil qiluvchi mikroorganizmlar (maslenno-kislie), denetrifikatorlar, sellyuloza baktyeriyalar faolligini susaytiradi. Bular esa o„simlik oson o„zlashtiradigan moddalarni hosil bo’lishiga qatnashadilar. Shu ning uchun ham o‘g‘itlarning samaradorligi tuproqning meliorativ holatiga bog„liq: masalan, deb yozadi akademik I.S.Rabochev, fosfor tuproqda o„simlikning o’ziga ijobiy ta’sir qilishdan tashqari, unda ro„y beradigan fizik-kimyoviy jarayonlarda qatnashib, o„simlikning azotni yaxshi o„zlashtirishiga xizmat qiladi. Shu ning uchun ham sho„rligi bo’yicha uchala tuproqda nitrifikatlar, ammonifikatlar sellyuloza parchalovchi baktyeriyalar va yog„ kislotasi hosil qiluvchi mikroorganizmlar tajriba qo’yishdan oldin, G’o’za gullay boshlagan davrda 0-30, 30-50 sm chuqurliklarda aniqlanadi. 104 Nazorat savollari: Sug‘orish usuli va sug‘orish tartiblarini g‘o‘zaning o‘sish va rivojlanishiga ta ’sirini aniqlashda qanday taqiqotlar olib boriladi? Sug‘orish usuli va sug‘orish tartiblarini g‘o‘zaning o‘sish va rivojlanishiga g‘o ‘zada fenologik kuzatuvlarni tashkil etish nima? Sug‘orish usuli va sug‘orish tartiblarini g‘o‘zaning o‘sish va rivojlanishiga ta ’sirini aniqlash nima? Sug’orish usuli va sug’orish tartiblarini ekinlarning o„sish va rivojlanishiga ta’sirini aniqlash: kuzgi bug’doyda fenologik kuzatuvlarni tashkil etish. Dala tajribalari «Metodbi agroximicheskix, agrofizicheskix i mikrobiologicheskix issledovaniy v polivnbix xlopkovbix rayonax» (SoyuzNIXI, 1963 g.) va «Metodika polevbix opbitov s xlopchatnikom» (SoyuzNIXI, 1981 g.) va O„zPITI da ishlab chiqarilgan uslubiy qo„llanma (2007) lari asosida olib boriladi. Tajribada quyidagi fenologik kuzatishlar, hisoblashlar, laboratoriya tahlillari olib borildi. Donning unib chiqish darajasi tajribaning barcha variantlarida takrorlanishlar bo’yicha kuzatildi. Maysalar soni, ko„chat qalinligi har bir variantning 5 nuqtasida 1 m maydonda aniqlandi. Kuzgi bug’doyning: tuplar soni; umumiy poyalar soni; mahsuldor poyalar soni barcha variantlarining 3 nuqtasida 1 m maydonda kuzatildi. Har bir variantda 100 ta o„simlikda quyidagilar aniqlandi: kuzgi bug’doyning bo„yi (naychalash, boshoqlash va to’liq pishish davrlarida); boshoq uzunligi (to’liq pishish davrida); bitta boshoqdagi don soni; bitta boshoqdagi don og„irligi; 1000 dona don og„irligi. Hosilni yig„ishtirish davrida tajribadagi barcha variantlarning har bir Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling