Bo‘z tuproqlar mintaqasi
Download 1.04 Mb.
|
Мел-да илм изла усл к- лотинча
Qishloq xojaligi ekinlarini sug‘orishni tenzometr yordamida aniqlash uslubi qanday amalga oshiriladi?
Qishloq xojaligi ekinlarini sug‘orish muddatlari tenzometr yordamida aniqlash nima? Qishloq xojaligi ekinlarini sug‘orish me’yorlarini tenzometr yordamida aniqlash nima? Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish muddatlari va me’yorlarini qo‘lrefraktometri orqali aniqlash. Sug’orish muddatlarini aniqlash. G’o’zaning sug’orish muddatlari tuproq namligiga, bargning fiziologik ko„rsatkichlariga, o„simliklarning tashqi belgilariga va gullash bo„g„inlariga qarab belgilanadi. Sug’orish muddatini tuproq namiga qarab belgilash eng ob’ektiv usul hisoblanadi. Buning uchun tuproq parmasi yordamida har 10 sm qatlamdan hisobiy qatlam chuqurligigacha tuproq namunalari olinadi va ularning namligi aniqlanadi. Agar tuproqning namligi cheklangan dala nam sig„imi (CHDNS)ga nisbatan 65-70 foizni tashkil etsa sug’orish o’tkaziladi Dala sharoitida sug’orish muddati quyidagicha belgilanadi: 30-40 sm chuqurlikdan olingan tuproq qo„lda siqilganda mushtlanmasa va yerga sekin tashlaganda sochilib ketsa, demak, sug’orish kerak. Sug’orish muddatini bargning morfologik belgilarga qarab ham aniqlash mumkin. Agar barglarning rangi o„zgarib to’q yashil tusga kirgan bo’lsa, barglardagi turgor holat susayganda, kunduzi soat 2-3 larda bargning asosiy tomiri egilganda qirsillab sinmasa G’o’zani sug’orish talab etiladi. Buning uchun uchastkaning diognali bo„ylab har 1gektardan kamida 30-40 ta o„simlik tanlab olinadi. G’o’zaning gullash-ko„rak tugish davrida gulining boshpoya o’suv nuqtasiga nisbatan joylanishi ham navbatdagi sug’orishni aniqlashda ancha ishonchli ko„rsatkich hisoblanadi. Sug’orishni Shu nday o’tkazish kerakki, toki yuqoridagi gulning o’suv nuqtasiga nisbatan joy almashinuvi asta-sekinlik bilan o„tsin va bo„g„in oraliqlari aynan 4-5 sm masofada bo„lsin. Masalan, sizot suvlar sathi chuqur bo’lgan tipik bo’z tuproqlarda G’o’za gullay boshlaganida gullar boshpoyaning o’suv nuqtasidan sakkizinchi-to„qqizinchi, iyul oxiri- avgust boshida ettinchi, avgustda esa to„rtinchi-beshinchi hosil shoxining birinchi o„rnida turganida sug’orishga kirishish mumkin. Gullash bo‘g‘inining balandligi aniqlanadigan o‘simliklar dalaning diognali bo„ylab tanlamasdan olinavyeradi. Gektariga kamida 30-40 ta o„simlik bo’yicha hisob yuritiladi. G’o’zaning sug’orish muddatlarini fiziologik ko„rsatkichlar -xo„jayra shirasining konsentratsiyasi (XSHK), barglarning so„rish kuchi bo’yicha ham aniqlash mumkin. Barglar XSHK bo’yicha sug’orish muddatini belgilash uchun kunduzi ( soat 10 dan 17 gacha ) o’suv nuqtasining pastidagi uchinchi bargi yulib olinadi, qo„l pressi bilan uning shirasi siqib chiqariladi va dastaki refraktometr yordamida quruq moddalar miqdori foizlarda hisoblanadi. Agar barglar xo„jayra shirasida gullashgacha 8-9 %, gullash - meva tugish davrida 10-11%, pishish 85 davrida 12-13 % quruq modda bo„lganida G’o’zani sug’orish kerak. Bu usul ob’ektiv, nihoyatda sodda va jadaldir: 15-20 minut davomida dalaning o„zida G’o’zaning suvga bo’lgan talabini aniqlash mumkin (5.4.1-rasm). rasm. G’o’za bargining fiziologik ko„rsatkichlari bo’yicha sug’orish muddatlarini aniqlaydigan refraktometr: 1-akulyar, 2-qopqoq, 3-linza. Sug’orish muddati to’g’ri belgilansa, G’o’zaning bo„g„in oraliqlari 4-5 sm bo’lib, ixcham tup hosil qilib normal rivojlanadi, avgust oxiri-sentyabr boshidayoq pishib etiladigan dastlabki pastki shona, tugunchalarni ko’p to„playdi. Sug’oriladigan yer maydonlarni rayonlashtirish prinsiplari. O’zbekistonning sug’oriladigan hududlari iqlim va tuproq sharoitlari bilan bir- biridan ancha farqlanadi. Bu holatda suvdan oqilona foydalanish maqsadida gidromodul rayonlashtirish prinsiplari ishlab chiqilgan. Gidromodul rayonlashtirishning asosiy maqsadi-yerlarning meliorativ holatini buzmagan holda eng kam suv sarflab, mo„l paxta hosili olinishini ta’minlaydigan va G’o’zani sug’orishning har bir hududning tabiiy sharoitlariga eng mos keladigan miqdori va rejimini aniqlashdir. Ko’p yillik tajribalar natijasida gidromodul rayonlashtirish O’zbekistonning sug’oriladigan hududlarini quyidagi tuproq-iqlim mintaqalari yoki vohalar kesimida amalga oshirilgan: Quyiamudaryo (Xorazm viloyati va Qoraqalpog’iston Respulikasi ) , Chirchiq-Ohangaron (Toshkent viloyati ), Farg’ona ( Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlari) , Mirzacho’l (Sirdaryo va Jizzax viloyatlari), Zarafshon (Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlari), Qashqadaryo (Qashqadaryo viloyati) va Surxondaryo (Surxondaryo viloyati). Har bir voha chegarasida sug’oriladigan yerlarni gidromodul rayonlar bo’yicha guruhlash o’tkaziladi. Agar vohada bo’z va cho’l mintaqasi tuproqlari mavjud bo’lsa, bu tuproqlar uchun gidromodul rayonlari alohida-alohida ajratiladi. Shu nga muvofiq ekinlarni sug’orish tartibi ham tabaqalashtiriladi. Gidromodul rayonlarning tavsiflari, 5.4.1-jadval. 5.4.1-jadval Gidromodul rayonlarining shkalasi (S.Rijov va N.Bespalov ma’lumotlari bo„yicha)
Ko’p yillik tajribalar asosida g‘o‘zani sug‘orishning takomillashtirilgan tartibi yaratilgan va joriy etilgan (5.4.2-jadval). Ostki shag„al qatlami uncha qalin bo„lmagan tuproq sharoitlarida ( I va II gidromodul rayonlari) sug’orishlar soni va mavsumiy sug’orish me’yori taxminan 87 15 % ga oshiriladi, sug’orish me’yorlari esa kamaytiriladi. Bu tuproqning kichik nam sig„imiga bog„liq. Oshirilgan mavsumiy sug’orish me’yorlari esa tuproqdagi namning transpiratsiyasiga va bug„lanishiga ko’p suv sarflanishi tufaylidir. 5.4.2-jadval G‘o‘zani sug’orish sxemasi va mavsumiy sug’orish me’yori
SHo„rlanishga moyil tuproqlarda namlikning pastki chegarasi CHDNS (cheklangan dala nam sig„imi) ga nisbatan 75-80% darajada qabul qilinadi va mavsumiy sug’orish me’yori sho’rlanmagan yerdagiga nisbatan 20-30% ga ko„paytiriladi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling