Bo‘z tuproqlar mintaqasi
Download 1.04 Mb.
|
Мел-да илм изла усл к- лотинча
Variantlarning joylashtirlishi. Sug’orma dehqonchilik sharoitida bo„laklarning qulay shakli-cho„ziq to’g’ri to„rtburchak, tomonlari nisbati taxminan 1:20; 1:25; va undan kattaroq, odatda, uzun tomoni nishablik bo’yicha tuproq xilma-xilligini baravar qamrab olishi bilan izoxlanadi.
Variantlar tajriba dalasi bo„laklari bo’yicha 3 guruhdagi usullar asosida joylashtiriladi: standart (andozali), sistemali (tartibli) va rendomizatsiyalangan (tasodifiy). Standart (andozali) usulda har 1-2 variantdan so’ng nazorat-standart joylashtiriladi. Sistemali (tartibli) usulda variantlar asosan tartib bilan joylashtiriladi. Masalan, birinchi takrorlanishda ular, 1,2,3,4,5, va 6 tarzda raqamlangan bo’lsa, bu tartib boshqa takrorlanishlarda ham saqlanadi. Rendomizatsiya (tasodifiy) usulida variantlar har bir takrorlanishda tasodifan, ya’ni qur’a tashlash asosida joylashtiriladi. Bu usul quyidagicha amalga oshiriladi: Tajriba variantlari raqami bir xil xajmdagi qog„ozchalarga yozilib, bir idishga solinadi-da, yaxshilab aralashtirilgach, birma-bir tortib olinadi. Shu nday tarzda tegishli variant olingan qog„ozda ko„rsatilgan raqam bilan belgilanadi, birinchi takrorlanish, so’ng boshqa takrorlanish variantlari Shu tartibda joylashtiriladi. Dala tajribasi natijalarining ishonchlik darajasini belgilash uchun statistik (matematik) baholash talab etiladi. Buning uchun variantlarni joylashtirishda rendomizatsiyaga asoslangan zamonaviy usuldan foydalaniladi. Bir takrorlanishning barcha variantlari xududiy jixatdan birlashtirilgan, ya’ni bir qator (yarus)da joylashgan bo„lishi kerak. Tajribaning barcha takrorlanish va variantlari bir qatorda joylashsa, yanada yaxshi bo’ladi (1.2.1-chizma). Ammo, ko„pgina hollarda xudud va dalaning joylashish holati tajribani bir qatorga qo„yish imkonini byermaydi. Shu ning uchun takrorlanish (qaytariq)larni qator (yarus)lar bo’yicha joylashtirish mumkin (1.2.2 va 1.2.3-chizmalar). Ikki va undan ortiq parallel qatorlardagi variantlarning joylashish tartibi turli qatorlardagi takrorlanishlarda Shu nday o„zgartirilishi kerakki, toki, bir xil raqamli variantlar xududiy yonma-yon joylashib qolmasin.
chizma. Tajriba 1.2.3.chizma. Tajriba takrorlanishlarining 4 qator (yarus)da takrorlanishlarining 2 qator (yarus)da joylanishi. joylashishi. Tajribasining qo ‘yish texnikasi. Tajriba dalasida takrorlanishlar va bo„laklar avvaldan chizib tayyorlangan tizim asosida joylashtiriladi. Unda barcha bo„lakchalarning hamma takrorlanishlar bo’yicha tomonlari o„lchami ko„rsatilgan bo’ladi. Tajribani dalada qo„yishda (bu tajribaning muhim shartidir) uning ijrochisi shaxsan o’z yordamchilari-ilmiy-texnik xizmatchilar bilan, albatta, qatnashishlari shart. Tajribani qo„yishda quyidagilar oldinda tayyorlab qo„yilgan bo„lishi zarur: 20 metrli ruletka, uzun pishik kanop ip, nishon ko„rsatuvchi 3-5 ta tayoq, qoziqchalar, burchaklarni belgilovchi qoziqlar. Qoziqchalar barcha bo„laklar soni ikki marta ko„paytirilganidan ham 8-10 dona ko’p bo„lishi talab etiladi. Tajribaning umumiy ko„rinishi belgilangach, u variantlar bo’yicha bo„laklarga ajratiladi. Dalaning burchaklaridan birida boshlang„ich nuqtani belgilab, bo„laklarning qisqa tomonlariga qoziqlar qoqilib aniq belgilanadi. Eng muhimi, ish benuqson, sifatli bajarilishi va burchaklar qoqilgan qoziqlar bo’yicha to’g’ri chiziqni tashkil etishi zarur. Buning uchun dalaning uzun tomoni bo„ylab oldindan ip tortiladi. Agar tegishli tomon uzun bo’lib, ipni tarang tortish imkoni bo’lmasa, nishon ko„rsatuvchi 2-3 tayok u bilan taranglashtiriladi. Ip yonidan ruletka tortilib, tasmasi bo’yicha o„lchab, qancha variant sig„sa, Shu ncha qoziq qoqib belgilanadi (qoziq tasmaning ko„rsatkichi oldiga hamma vaqt bir tomondan qoqiladi). So’ng ruletka yana suriladi, keyingi bo„lakning qarama-qarshi tomoni o„lchab belgilanadi. Bunda bo„lakning yuqorigi va pastki chegarasi birinchi egatga nisbatan to’g’ri burchak hosil qilish kerak. Barcha hollarda qoziqlar silliqlangan tomoni (unda bo„lak va takrorlanish raqami va b.q. yoziladi) bilan muayyan bo„lakning ichki tomoniga qaratilib qoqiladi. Bu uning qaysi bo„lakka ta’luqligini bildiradi. Takrorlanish chegarasida esa ikkitadan qoziq qoqiladi. Har bir tajriba dalasida doimiy dastlabki nuqtani aniq belgilab qo’yish zarur.Unga ko’ra xoxlagan vaqtda bo„lak chegarasini bilish mumkin. Tajriba dalasi chegaralarini belgilab qo„yishning ko„pgina usullari mavjud. Ularning hammasida asosan dala chekkasidagi doimiy nuqtalar (ariq bo„yi, yo„l yoqasi elektr ustunlari, daraxtlar va h.k.) ko„zda tutiladi. Mana Shu nuqtalarda doimiy qoziqlar o„rnatiladi (dala chekklarini belgilovchi qoziqlar). Doimiy nuqtalar bilan tajriba dalasi burchagida o„rnatilgan qoziqqacha bo’lgan masofani bir necha marta diqqat-e’tibor bilan o„lchab, natijasi dala daftariga yozib qo„yiladi. Mabodo burchakdagi qoziq yo„qolsa, daftardagi yozuvga qarab, uni tiklash (o„lchash yo„li bilan) mumkin. Doimiy o„rnatiladigan qoziqlar turli ashyolardan tayyorlangan bo„lishi mumkin. Ko„pincha tag tomoniga ko„ndalang to„sin qoqilgan yo„g„on yog„och qoziq 50-70 sm chuqurlikka qoqiladi. Bunda Shu ningdek, temir quvur bo„lagi, temir rels, hatto, tosh ustunicha ham o„rnatilishi mumkin. G’o’za va g„allada o’tkaziladigan tajribalarda zarur miqdorida hisobli va himoya egatlari ajratiladi. Himoya egatlari o„rganilayotgan omilning yonma-yon joylashgan bo„lakka ta’sirini bartaraf etadi. Ajratiladigan himoya egatlarining soni turli tipdagi tajribalar uchun turlicha bo„lishi mumkin. Himoya va hisobli qismlarni belgilashning bir necha usullari ma’lum, bo„laklar himoya va hisobli egatlarining bir-biriga nisbatan esa turlichadir. Barcha tajribalar uchun umumiy talab Shu ki, chekkadagi bo„lak (maydon oxiri) da ximoya egatlari 4 tadan kam bo„lmasligi kerak. Buni quyidagi misollarda ko„rib chiqamiz: Tajribadagi har bir bo„lakdagi 4 tadan va 8 tadan egat qoldirilgan.
4 ta egat qoldirilgan variantda ekishda traktorning oldingi g„ildiragi bo„lak markazidan yurishi kerak. Shu nda bo„lakda 2 ta hisob egati ajratiladi, ularning ikki yonida bittadan himoya egat qoldiriladi. 8 ta egat qoldirilgan bo„lakda seyalkaning birinchi kirishida traktorning oldingi g„ildiragi bo„lak himoya egatlari chegarasidan 120 sm. uzoqlikda yurish kerak. Seyalka ikkinchi yurishda 8 egatli variantdagi ikkinchi bo„lak ekiladi. Navbatdagi bo„laklarni ekish ham Shu kabi amalga oshiriladi. Agar bo„lak 12 va undan ko’proq qatorli bo’lsa, ekish va traktorning yurishi uning o„lchamiga moslashtiriladi. Bo„lakning har bir tomonidan 2 tadan emas, 1 tadan himoya egati qoldirish ehtiyoji paydo bo’lsa, unda variantlar orasida 2 tadan himoya, 6 ta xisobli egat bo’ladi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling