Bo‘z tuproqlar mintaqasi


Download 1.04 Mb.
bet5/50
Sana05.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#211795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
Мел-да илм изла усл к- лотинча

Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik sohasida tajribalar o‘tkazish bo‘yicha umumiy qoidalari nima?

  • Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik sohasida tajribalar qanday o ‘tkaziladi?

  • Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik sohasida qishloq va texnika yo‘nalishida qanday tadqiqotlar olib boriladi?

    1. Qishloq xojaligi ekinlarini parvarishlashdagi agrotexnik tadbirlarga

    qo‘yiladigan talablar.

    1. G‘o‘za etishtirishdagi agrotexnikaga qo‘yiladigan talablarini aniqlash.

    Quruq iqlim sharoitida joylashgan O’zbekiston sharoitida, ya’ni tabiiy bug„lanish yuqori bo’lgan sharoitda yer osti sho’r suvlarining intensiv bug„lanishi tuproqda tuzlar to„planib, yerlarni sho„rlanishiga olib keladi. Ushbu holatni oldini olish uchun sug’oriladigan maydonlardagi yer osti sho’r suvlarini kollektor tarmoqlari orqali chetga chiqarib tashlash taqazo etiladi. Buning uchun mamlakatimizda kollektor tarmoqlarining ulkan infratuzilmasi yaratilgan. Ushbu infratuzilmani ishchi holatda saqlash va yanada rivojlantirish, sug’oriladigan yerlar meliorativ holatini yaxshilash va pirovardida qishloq xo„jaligida ishlab chiqarishini barqaror rivojlantirishga zamin yaratuvchi eng muhim omillardan biri hisoblanadi.

    2007 yil 29 oktyabrdagi «Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-3932-sonli Farmoni hamda 2008 yil 19 martdagi “2008-2012 yillar davrida sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-817-sonli qaroriga asosan 2008-2012 yillar davrida davlat byudjetidan 748,7 mlrd. so„mlik meliorativ tadbirlar amalga oshirildi.

    Meliorativ tadbirlarni kelgusida davom ettirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 aprelda “2013-2017 yillar davrida sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1958-sonli qarori e’lon qilindi.

    2013-2017 yillar davri uchun mo„ljallangan dasturda meliorativ tizimlarni rivojlantirish va takomillashtirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga yo„naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish ko„zda tutilgan va ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun davlat byudjetidan qariyb 1255 mlrd. so„mdan ortiq mablag„ sarflanishi belgilangan.

    Davlat tomonidan katta mablag„lar sarflanib tiklanayotgan meliorativ ob’ektlar, xususan magistral va xo„jaliklararo kollektorlar, yopiq gorizontal drenajlar, vyertikal drenaj quduqlari, meliorativ nasos stansiyalariga asrab-avaylab munosabatda bo’lish qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida band bo’lgan har bir shaxsga, ayniqsa yerdan foydalanuvchilar-fyermyerlarga katta mas’uliyat yuklaydi.

    Respublikamiz mintaqalarining tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, kuzgi-qishki agrotexnik tadbirlarga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiq. Bunda har bir agrotexnik tadbir, jumladan, Shu dgorlash, sho’r yuvish, yerlarni tekislash pushta olish, chuqur ishlov berish kabi tadbirlarni o’tkazish zarur.

    Kuzgi Shu dgor sifati kelgusi yil ekinlardan mql hosil etishtirish garovidir. Shu bois yerlarni sifatli Shu dgorlash, xaydovni bir tekis va belgilangan chuqurlikda o’tkazish xamda talab etiladigan minyeral va mahalliy o„g„itlarni ko„llashga alohida e’tibor berish lozim.

    Kuzgi Shu dgor oldidan fosforli o’g’itlar yillik me’yorining 70 foizini (sof holda fosfor 100-120 kg/ga yoki ammofos 200-250 kg/ga), kaliyli o„g„itning 50 fo­izini (sof xolda kaliy 50-60 kg/ga yoki kaliy xlor o„g„iti 90-110 kg/ga) hamda mahalliy o„g„it (go’ng 20-30 t yoki kompost 30 t/ga miqdorda) solish tavsiya etiladi.

    Yerni haydashda uning chuqurligiga alohida e’tibor berish kerakki, u tuprok- iqlim sharoitlari, tuproqning unumdorligi, tuproq qatlamining chuqurligi, mexanik tarkibi, begona o’t bosganligiga hamda almashlab ekishning qanday dalasi ekanligiga qarab tabaqalashtirilgan xolda belgilanadi. Jumladan, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Namangan, Farg’ona viloyatlari, Shu ningdek, Andijon viloyatining tog’ oldi mintaqalari hamda Jizzax, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlarining tipik bo’z, och tusli bo’z va o’tloq

    tuproqlarida 30 sm, Xorazm viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasining qalin agroirrigatsion chukmalari bilan qoplangan o’tloq tuproqlarida 30-32 sm, Andijon viloyatining xaydalma katlami qalin och tusli bo’z tuproqli, Surxondaryo viloyatining xaydalma qatlami qalin yerlarnda 35-40 sm, Mirzacho„lning qadimdan xaydalib kelinayotgan, sizot suvlari yuza joylashgan och tusli bo’z tuproqlarida 45 sm chuqurlikda yumshatilgan holda 28-30 sm chuqurlikda ag„darib haydaladi. Ustki qismi yarim metr chuqurlikda gips qatlami bo’lgan sho’rlangan o’tloq tuproqlarda va zich xaydov osti qavatli barcha og’ir tuproqli yerlarla 45-50 sm chuqurlikda yumshatilib, 28-30 sm ustki katlami ag„darib haydaladi.

    Shu dgorlashda ishlatiladigan pluglar albatta ikki yarusli bo„lishi maqsadga muvofiq. Ikki yarusli pluglar bilan yer sifatli xaydalganda begona o„tlarning 50-60 foizini yo„qotishga yerishiladi. Ajrik, ko„ypechak, salomalaykum, g„umay ko’p tarqalgan dalalarda «Dafosat» gyerbitsidini gektariga 5-6 litrgacha yoppasiga sepish va 20-25 kundan so’ng ikki yarusli pluglar bilan 40-45 sm chuqurlikda xaydash yaxshi samara byeradi.

    Yerlar o’z muddatida, sifatli va belgilangan chuqurlikda xaydalganda kuzgi- qishki mavsumda kuzatiladigan yog„inlar hisobiga tuproqda nam to„plash va saqlab qolish imkoniyati oshadi. Shu dgorlangan dalada notekisliklar, marzalar va izlar kam bo’lib, yuzasi tekis bo„lgandagina tuproqdagi namning bug„lanish satxi kamayadi. Lekin, kuzda o’z vaqtida Shu dgorlanmagan may- donlarda yer muzlab syernam bo’lib qolsa, tuproqni sifatli xaydab bo„lmaydi va kuzgi Shu dgorga ko„yilgan agrotexnik talablar bajarilmaydi, tuprok strukturasi buzilib xosildorlik gektariga 3,5-7,5 sentnyergacha kamayishiga olib keladi.

    Sho’rlangan yerlarda o„simlik ildiz qatlamidan ortiqcha suv-tuz yeritmalarini ketkazmasdan turib, paxta va boshqa qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori hosil olib bo„lmaydi. Bunga tuproqdagi sho’rni yuvish orqali yerishish mumkin.

    Sho’r yuvish me’yori uzluksiz emas, balki bo’lib- bo’lib byerilsa, tuzlarni yuvib ketkazish jadalligi ortadi. Shu ning uchun yer sho„rini yuvishda, ayniqsa, katta me’yorlar bilan biryo„la yuvishda suv xar safar bostirilgandan keyin tanaffus qilish kerak. Tanaffusning davomiyligi tuproqning mexanik tarkibi va filtratsiya tezligiga bog„liq: engil tuproqlarda suv shimilganidan 2-3, o’rtacha tuproqlarda 5-6 va og’ir tuproqlarda 7-8 kundan keyin. Tunroqniig sho’rlanish darajasi, suv-fizik xossalari va dalaning nishabligiga qarab, sho’r yuvishning quyidagi usullari qo’llanilishi mumkin: suvni oqizib yubormasdan pollarni suv bostirib, egatlar bo„yicha, polosalar bo„yicha. Sho’r yuvishning asosiy usuli pollarni suv bostirib, suvni bir poldan ikkinchi polga o„tkazmasdan yuvishdir. Pollarning katta kichikligi tuproqning suv sig„imi, yer yuzasining nishabligi va tekislanganligiga qarab 0,1 gektardan 0,5 gektargacha bo„lishi mumkin. Sho’r yuvishni zovurlar orasidagi markaziy polosadan boshlab, yon tomondagilarga yaqinlashtirib kelish, Shu ningdek, sho’r yuviladigan dalaning yuqorisidan boshlab, pastki qismida tugallash kerak.

    Yerlar haydalgandan keyin maydonlarni tekislash T-150, «Magnum» traktorlarda uzunbazali tekislagich moslamasi bilan ikki yo„nalishda molalanadi. Tekislangan yerlarda pollar olinadi, yerlarni molalash sifati va maydonlarning nishabligiga qarab pollarning maksimal maydoni 0,5 gektardan yuqori bo„lmasligi kerak. Pol devorining balandligi 0,5, devor tagining kengligi 1,2, tepasi 0,2 m bo„lishi zarur.

    Tuproq sho„ri ikki xilda yuviladi: tubdan (yangi yerlarni o„zlashtirishda) va joriy xolatda. Tuproqning 0-100 sm qatlamidagi xlor ioni tuproq vazniga nisbatan 0,01 % kam bo’lsa u yuvilmasligi yoki engil yuvilishi mumkin. Tuprokdagi xlor 0-100 sm qatlamida 0,01, Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 0,02 foizga kelguncha yuviladi.

    Farg„ona, Andijon, Namangan, Buxoro viloyatlarida sho’r yuvish miqdori va umumiy suv sarfi Mirzacho„ldagi kabi tabaqalashtiriladi. Lekin sho’r yuvishni tugallash muddati birmuncha kechroqqa suriladi. Bu ish og’ir tuproqda yerlarda fevralda, engil tuprokdarda esa mart oyida tugallanadi.

    Kashkadaryo va Surxondaryo viloyatlarida umumiy suv sarfi me’yori va sho’r yuvish miqdori yuqorida keltirilgan daraja atrofida bo’ladi. Lekin sho’r yuvish muddati maqbul ravishda chigit ekish paytiga yaqinlashtiriladi. Bunda birinchidan, tuproqdagi zararli tuzlarning ko’p qismi yuvilib ketadi, ikkinchidan, chigit suvi byerib o„tirmasdan urug„ni o„sha namlik xisobiga undirib olish mumkin bo’ladi.

    Odatda sho’r tuproqli yerlarning suv-fizik xususiyatlari qanoatli darajada bo„lmaydi, o„zidan suv o’tkazish koeffitsenti juda past. Bunday yerlarning sho„rini yuvish uchun ham tik, ham yotiq zovurlar kovlangani xolda katta me’yorda (25-40

    -5

    ming/m dan ortiq) suv sarflash xamda ko’p vaqtgacha suv bostirib qo’yish talab



    qilinadi. Ammo Shu nda xam mavjud sho’rni bir mavsumda ketkazib bo„lmaydi.

    Jizzax va Sirdaryo viloyatlari sharoitida o’rtacha va engil qumloq tuproqdarda tuproq tarkibida 0,01-0,04 foiz xlor ioni bo’lsa uni gektariga 2000-2500 m3 suv bilan 1 marta, xlor 0,04-0,10 foizgacha bo’lsa 3500-5000 m3 suv bilan 2 marta yuvish talab etiladi. Qulay sho’r yuvish muddatlari oktyabr, noyabr va yanvar oylari hisoblanadi. Mexanik tarkibi yaxlit bo„lmagan og’ir tuproqlarda xlor ioni miqdorlariga mos suv sarfi 4000-5000 m dan 5000-6500 m ga barobar bo’lib, yer ko„rsatilgan suv miqdori bilan 2-3 marta yuviladi.

    Farg„ona, Andijon va Namangan viloyatlarida mexanik tarkibi engil tuproqlarda yuqorida keltirilgan xlor ioni miqdoriga mos ravishda gektariga 2000­2500, 3500-4000 m3 suv bilan 1-2 marta, og’ir soz tuproqlar 4000-6500 m3 suv bilan 2-3 marta dekabr-mart oylar orasida yuviladi.

    Kollektor tarmoqlarini ishchi holatini ta’minlash sug’oriladigan maydonlardagi suv-tuz jarayonlarini optimal boshqarish, maydonlarning mahsuldorligini va kollektor tizimlarini ish qobiliyatini ta’minlash har bir fyermyerning o’z dalasi tarkibidagi meliorativ ob’ektlar (dala ostidagi yopiq gorizontal drenajlar, dala chegarasidagi ochiq kollektorlar) ekspluatatsiyasini o„zi a’zo bo’lgan suvdan iste’molchilari uyushmasi (SIU) bilan hamjihatlikda to’g’ri tashkil etishiga bog„liq, kollektor tizimlarini ekspluatatsiya qilish boshqa har qanday muhandislik inshooti kabi o’ziga xos yondaShu v va ma’lum tartib qoidalarga amal qilishni talab qiladi.

    Nazorat savollari:



    1. Download 1.04 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling