Bo‘z tuproqlar mintaqasi


Download 1.04 Mb.
bet8/50
Sana05.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#211795
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50
Bog'liq
Мел-да илм изла усл к- лотинча

Tuproqning suv xossalariga nimalar kiradi va ular qanday aniqlanadi?

  • Tuproqdagi namlik turlari va ular qanday aniqlanadi?

  • Molekulyar, gravitatsion, kapilyar, dala, to ‘la, chegaraviy dala nam sig ‘imlari va boshqalar qanday anqlanadi?

    1. Tuproqning fizik va mexanik xossalari.

    Tuproq hajmining bir qismi minyeral elementlardan, bir qismi esa suv va havodan iborat. Suyuq faza - tuproqning muxim qismi bo’lib, o„simliklarning oziqlanishi uchun xizmat qiladi, gaz holatdagi faza esa ildiz sistemasining nafas olishi va ayerob mikroorganizmlarni kislorod bilan ta’minlash uchun zarur.

    Ularning ikkalasi xam tuproqqattik; fazasining fizikaviy xossalariga bog„liq. Quyida tuproq qattiq fazasining xossalari ko„rib chiqiladi.

    Tuproq o’simliklar o’z hayoti uchun zarur bo’lgan oziq moddalar va suvni oladigan muhit hisoblanadi. Tuproqning struktura xolati uning unumdorligiga ta’sir etuvchi sharoitlardan biri hisoblanadi.

    Tuproqning mexanikaviy elementlari bir-biri bilan yopishib, har xil kattalikdagi va shakldagi kesakchalar (agregatlar) hosil qiladi. Tuproqning mexanikaviy elementlaridan agregatlar hosil qilish xossasi struktura hosil qilish xususiyati deyiladi. TuproqShu noslikda tuproq strukturasi deyilganda uning har xil shakl va kattalikdagi tuproq agregatlariga(kesakchalariga) ajralib ketish xususiyati tuShu niladi. Agronomiya nuqtai nazaridan qaraganda suvda yuvilib ketmaydigan, ya’ni mustahkam bo’lgan kesakchalargina eng yaxshi hisoblanadi. Bunday kesakchalar suvga chidamli, bunday kesakchalardan tuzilgan tuproq esa mustahkam strukturali tuproq deyiladi. Strukturasiz tuproqlar esa suv ta’sirida oson uvalanib ketadigan kesakchalardan tuzilgan bo’ladi.

    Kesakchalarning Katta-kichikligiga qarab, tuproqquyidagi turlarga bo„linadi:

    Diametri 10 mm dan ortiq kesakchalar - palaxsa-palaxsa struktura;

    Diametri 0,25 mm dan 10mm gacha bo’lgan kesakchalar - makro- struktura;

    Diametri 0,01 mm dan 0,25 mm gacha bo’lgan kesakchalar - dag„al mikrostruktura;

    Diametri 0,01 mm dan kichik kesakchalar - nozik mikrostruktura.

    Kattaligi 1 mm dan 3 mm gacha bo’lgan kesakchalar agronomiya jihatidan suvga chidamli eng yaxshi kesakcha deb kabo„l kilingan.

    Mustahkam strukturali tuproqda kapillyarsiz kovaklar xajmi ko„pbo„lishi tufayli yogin-sochin va sug„opyvsuvlarining hammasini singdirib oladi hamda yaxshi saqlaydn va mayda zarrachali tuproqda Karaganda xavo almashinuvi unda ancha yaxshi bo’ladi. Shu ning uchun strukturali tuproqqa suv va xavo etarli

    bo„lishi tufayli mikroorganizmlarning yashashi uchun qulay sharoit vujudga

    37

    keladi, bularning natijasida tuproqda o’simliklar hayoti uchun zarur bo’lgan oziq moddalar to„planadi.



    Mustahkam kesakchali struktura doimiy bo„lmaydi. U quyidagi faktorlar ta’sirida buzilishi mumkin: a) mexanik faktorlar - dalalarda traktorlar, odamlar va hayvonlarning yurishi, tuproqni ishlash qurollarining ishchi organlari ta’siridan; b) fizikavny-kimyoviy faktorlar-yog„in-sochinlar kesakchalarni buzadi, atmosfyera yog„in-sochinlarida bo’lgan ammoniy va vodorod esa tuproqqa kirib, chirindi singdirib olgan kalsiy va magniyni siqib chiqaradi va ular o„rnini olib, tuproq strukturasining mustahkamligini pasaytiradi; oqizib qo„yib va ayniqsa, bostirib sug’orishda suv siqib chiqargan havo tuproq kesakchalarini buzadi; v) biologik faktorlar-ayerob protsess ta’sirida tuproq kesakchalarini yopishtiribturuvchi chirindi parchalanadi, buning natijasida tuproqning mayda zarrachalarga aylanishi ortadi.

    Tuproq strukturasini tiklash uchun almashlab ekishda kup yillik va bir yillik o„tlar ekiladi, Shu ningdek, organik o’g’itlar solinadi. CHirindi Zahirasini yangilash strukturali kesakchalar hosil qilish va ularni mustahkamlash uchun zarur.

    Bir yillik o„simliklarni ekib, tuproqni chimqirqarli plug bilan kuzgi Shu dgorlashda dalalarning mayda zarrachali ustki qavat qatlamining strukturasi qisman tiklanadi. Xaydash vaqtida chimqirqarli plug tuproqning mayda zarrachali yuqori qatlamini o’simliklar qoldig„i bilan birga egat tubiga tashlaydi, asosiy korpus organik moddalarning anayerob parchalanishi hisobiga chirindiga boyigan pastki katlamining yumshoq, mustahkam kesakchali tuprog’ini yuzaga ag„darib tashlaydi.

    Akademik K.K.Gedroysning fikricha, struktura paydo bo„lishida ikki faktor: kuchli rivojlangan ildiz sistemasining tuproqdagi bosim va tuproqning quyuqlashishi hal qiluvchi ro„l o„ynaydi. Tuproqdagi mayda tuproq zarrachalarining quyuqlashishi, muzlashi va qurib qolishi ikki hamda uch valentli kationlar ta’sirida ruy byeradi.

    Aytib o„tilgan barcha faktorlar tuproq; strukturasini qayta tiklash va saqlashda muhim rol o„ynaydi.

    YUqorida aytib o„tilganidek, tuproq strukturasi uning unumdorligidagi muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

    Doimiy ravishda o„zgarnb turadi, uning dinamikasini kuzatib borish hamda buzilish va tiklanish protsessini tartibga solish yullarini aniqlash zarur.

    Tuproq strukturali holatini o„rganishning bir necha usuli mavjud:



    1. N.I.Savvinov usuli-K.A.Timiryazev nomidagi Moskva Qishloq xo’jaligi akademiyasining dehqonchilik kafedrasida ishlab chiqilgan, tuproqni elash bilan o’tkaziladigan makroagregat analiz usuli.

    2. Bilvosita usullar-Akademik V.R.Vilyams va P.A.Andrianovning tuproq makrostrukturali elementlarining suvga chydamliligini aniklash usuli, K.K.Gedroysiing tuproq mikrostrukturali elementlarining chidamliligini aniqlash usuli, D.T.Vilenskiyning agregatlarning suvga chidamliligini aniqlashning tomchi usuli.

    Aytib o„tilgan usullardan, murakkab apparatlarni talab qilmaydigan ba’zi birlarini bayon qilib o„tamiz.

    N.I.Savvinov usuli



    1. tekshiriladigan maydondantuproq namunasi olinib, zabolisharoitda quruq holatgacha keltiriladi. Shu tuproqning 2,5 kg va quruq holda elaklar to„plamidan o„tkazilib, quyidagi sakkizta fraksiyaga bo„linadi: 10 mm dan kattaroq; 10-5; 5-3; 3-2; 2-1; 1-0,5; 0,5-0,25 va 0,25 mm dan kichikroq. Elaklar to„plamining past tomoniga changsimon zarrachalar to„planadigan taglik quyiladi, elanayotgan vaqtda tuproq zarrachalari to„zg„ib ketmasligining oldini olish uchun elaklarning ust tomoni qopqoqcha bilan byerkitiladi;

    b) elab bo„lgandan so’ng har birfraksiya tarozida alohida tortiladi va uning protsienti hisoblab chiqiladi, bunda 2,5 kg og„irlikdagi tuproq 100% deb qabo„l kilinadi;

    v) og„irligi 50 gbo’lgan agregatlarning chidamlilik protsientini aniqlash uchun o’rtacha namuna olinadi. Buning uchun har bir elakdan grammlarda ifodalangan fraksiya protsentining yarmiga teng miqdorda tuproq tortib olinadi. Pastki elak teshiklari to„lib ketmasligi uchun o’rtacha namunaning diametri 0,25 mm dan kichik bo’lgan fraksiyadan olmaslik mumkin (garchi o’rtacha namuna hisoblanayotganda u hisobga olinsada).

    O’rtacha namuna ikki marta olinadi;

    g) olingan o’rtacha namuna suv to„ldirilgan 1 l li silindrga solinadi va 10 minutquyib quyiladi. Bu ish keyingi opyeratsiyalarda kesakchalarni mexanik buzadigan havoning agregatlar orasidan chiqib ketishi uchun, qilinadi.

    Bir-ikki minutdan keyin garchi tuproqdan havoning ko’p qismi chiqib ketgan bo’lsada, uning birmuncha miqdori katta oraliqlarda pufakcha ko„rinishida saqlanib qoladi, qolgan barcha xavoni chiqarib tashlash lozim. Buning uchun silindrniig yuri qismigacha suv quyiladi va ustini oyna bilan byerkitib tezda gorizontal holatgacha engashtiriladi, so„ngra yana vyertikal holatga qaytariladi. Shu ndan keyin havo tuproq ichidan mayda pufakchalar holida ajralib chiqa boshlaydi;


    1. tuproq namunasi silindrga solingandan keyin 10 minuto„tgach, oyna bilan yopilgan silindr tezda to„nkariladi va tuproqning yirik zarrachalari pastga tushib ketmagunga qadar Shu xolatda bir necha. Sekund ushlab turiladi. So„ngra silindr uz holiga keltirilib, tuproq uning tubiga chukishi kutiladi. Bunday to„nkarishlar 10 marta takrorlanadi.

    Silindrni to„nkarishda mustahkam bo„lmagan agregatlar va diametri 10 mm dan ortikroqbo’lgan kesakchalar tarkibiy qismlarga ajraladi;

    1. diametri 20 sm, balandligi 3 sm va teshiklari 0,25; 1; 2; 3 va 5 mm diametrli beshta elak to„plami suv to„ldirilgan keyit silindrsimon vannaga tushiriladi. Suv sathi yuqorigi elak chetidan 5-6 sm yuqorida bo„lishi kerak.

    j) o„n marta to„la aylantirilgandan keyin pastki tomoni byerk tutilgan silindr elaklar to„plami ustiga to„nkariladi. Suv ostida oyna ochiladi va tuproq massasi to„plamdagi yukorigi elakka tushadi. Tekis taqsimlanishi uchun silindrni suvdan chiqarmasdan turib elaklar yuzasida u yoq bu yoqqa suriladi. Asosiy massa (0,25 mm dan yirikroq) elak yuzasiga tushgandan keyin 40-50 sekund o„tgach, silindr suv ostida yana oyna bilan byerkitiladi va chiqarib olinadi;

    z) elanadi, yukorigi elakni suvdan chiqarmasdan turib elaklar to„plami 5­6 smyukoriga ko„tariladi va tez keskin harakat bilan pastga tushiriladi. Ana Shu holatda kesakchalar yangidan elakka tushmaguncha 2-3 sekund tutib turiladi. So„ngra elaklar to„plami sekin-asta ko„tariladi va tezda tushiriladi. YUkorigi elaklar (5, 3 va 2 mm) o„n marta silkitnlgandan keyin olinadi, pastkisi esa qushimcha ravishda besh marta silkitiladi va suvdan chiqarib olinadi;

    i) elaklardagi kesakchalar yuvuvchi qurilmaning suv oqimi bilan katta chinni kosachaga yuvib olinadi, ortiqcha suv chikarib yuborilgandan keyin ular avval tortib quyilgan va nomyerlangan kichik kosachalarga solinadi;

    k) kosachalar suv hammomiga quyiladi va tuproq havoli kuruq holatgacha quritilgandan keyin har qaysisi alohida- alohida tortiladi.

    Fraksiyalardagi mustahkam kesakchalarning protsient mirqdori grammlar sonini ikkiga ko„paytirish bilan aniqlanadi. 0,25 mm dan kichikbo„lgantuproq zarrachalari protsienti 100 dan anchayirik fraksiyalar protsientining yig„indisidan ayirib tashlash bilan topiladi. Olingan ma’lumotlar 3.2.1-jadvalga yozib olinadi.

    Kyerakli narsalar: tuproq namunalari, taglik va qopkqog„i bo„lgan, teshiklari 10; 5, 3; 2; 1;0,5 va 0,25 mm diametrli elaklar to„plami, oynasi bo„lgan, diametri 7 sm, balandligi 45 sm li bir litrli silindr, katta chinni kosachalar8 dona va kichiklari 9 dona, texnik tarozilar va tarozi toshlari, suv hammomi, bachoklarni yuvuvchi kurilma, diametri 30-40 sm, balandligi 30-35 sm li silindrsimon vanna.

    3.2.1-jadval.

    Tuproq agregat tarkibini yozib olish formasi




    Download 1.04 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling