Bozor faoliyati sharoitida narx ustidan nazoratning amalga oshirilishi Kirish


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana08.05.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1441514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Diyora kurs ishi 0

 
 2. Maksimal va minimal narxlar 
Bozor muvozanatini ta'minlashda iste'molchi va ishlab chiqaruvchi 
ortiqchaligidan foydalanish orqali, ya'ni narxlarni davlat tomonidan nazorat qilish 
maqsadida maksimal va minimal narxlarni belgilashni ko'zda tutadi. 
Davlat bozordagi narxlarni nazorat qilish orqali bozor mexanizmini tartibga 
solishga harakat qiladi. Bunda davlat ikkita maqsadni ko'zlaydi: ishlab 
chiqaruvchilarni qo'llab-quvvatlash yoki iste'molchilarni qo'llab-quvvatlash. 


Iste'molchilarni narx tomondan qo'llab-quvvatlashda davlat qonuniy asosda ba'zi 
tovarlarga muvozanat darajasidan pastroq narxlarni qayd etgan holda eng yuqori 
narxni o'rnatadi. Bunda sotuvchilar ushbu qayd etilgan narxdan yuqori narxda 
sotishlari taqiqlanganligi e'lon qilinadi. Narx muvozanat narxidan past o'rnatilganda, 
bozorda Tovar taqchilligi yuzaga keladi. Erkin bozor sharoitida bu taqchillik tezda 
yo'qoladi, biroq narxlar qayd etilgan sharoitda bozor mexanizmi ishlamaydi va 
bozorda barqaror taqchillik paydo bo'ladi. Bu narx chegarasining ijobiy tomoni, 
muvozanat narxida xarid qila olmagan iste'molchilarda bu tovarlarni sotib olish 
imkoniyatining tug'ilishidir. Biroq uning salbiy tomonlari ko'proq: 
- ushbu tovarni ishlab chiqarish hajmining qisqarishi; 
-ehtiyojlarning kamroq qismi qondirilishi; 
bozorda taqchil tovarlarga navbatning ortib ketishi, hattoki bu navbatda 
turganlarga ham u yetmasligi mumkin; 
-«qora bozor»ning paydo bo'lishi va boshqalar. 
Davlat ba'zida ishlab chiqaruvchilarni qo'llab-quvvatlash maqsadida 
narxlarning quyi chegarasini qonuniy ravishda o'rnatadi. Agar bu chegara 
muvozanatli narxdan yuqori bo'lsa, bozorda barqaror tovar ortiqchaligi paydo 
bo'ladi. Demak, davlatning bozor mexanizmiga muvozanat narxidan yuqori 
darajadagi narxlarni o'rnatish yo'li bilan aralashuvi ham yo'qotishlarga olib keladi va 
oqibatda u ham samarasiz hisoblanadi. 
Davlat bozor mexanizmini tartibga solishda soliqlar va dotatsiyalarni ham 
qo'llaydi. Bu aralashuv ham bozor mexanizmi amal qilishining samaradorligi 
pasayishiga va sof yo'qotishlar paydo bo'lishiga olib keladi.Ba'zi vaqtlarda bozor 
narxi davlat tomonidan o'rnatiladi. Agar o'rnatilgan narx P muvozanat narxidan P 
kichik bo'lsa P < P 
(P - muvozanat narxi) va narxni undan yuqori belgilash taqiqlansa, bunday 
narxlar maksimal narxlar, aksincha o'rnatilgan narx P muvozanat narxidan P, katta 
bo'lsa, P> P (P. - muvozanat narxi) va narxni undan pastroq belgilash taqiqlansa, 
bunday narxlar minimal narxlar deb yuritiladi.Maksimal narx ba'zi bir mahsulotlarga 
aholini ushbu mahsulot bilan ma'lum darajada ta'minlash maqsadida, minimal narx 


esa mahsulot ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish uchun davlat tomonidan 
o'rnatiladi. 
Talab va taklif nazariyasiga ko'ra, maksimal narxning o'rnatilishi mahsulot 
tanqisligiga olib keladi. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling