Bozor faoliyati sharoitida narx ustidan nazoratning amalga oshirilishi Kirish
-chizma. Minimal narx o'rnatilishi natijasidagi yo'qotishlar grafigi
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Diyora kurs ishi 0
-chizma. Minimal narx o'rnatilishi natijasidagi yo'qotishlar grafigi.
Bunday holda har bir ishlab chiqaruvchi o'z mahsulotining hammasini yuqori narxda sotaman, deb o'ylaydi. Pirovardda davlat tomonidan o'rnatilgan minimal narx siyosati ortiqcha mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlarni qoplamaganligi sababli, ishlab chiqaruvchilarning foydasini ancha qisqartirib yuborish mumkin. 5. Oziq-ovqat mahsulotlarini sotilishida davlat tomonidan narxlarni nazorat qilish tahlili: muammo va xulosalar. O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda oziq-ovqat mahsulotlarining narxi oshishi, qolipli non bo‘yicha davlat tomonidan o‘rnatilgan majburiy narxning bekor qilinishi aholi tomonidan keskin qarshi olinyapti. Albatta, biror zamonda birorta davlatda narxlarning oshishi yoqimli holat sifatida qabul qilingan emas. Ko‘proq xarajat qilish kimga ham yoqadi? Iqtisodiyot orqali bilamizki, bozor sharoitida — narxlarga hech qanday ma’muriy tarzda aralashilmayotgan bir vaqtda narxlar oshishi yoki talabning oshishi, yoki taklifning kamayishi sababli yuzaga keladi. Ya’ni agar davlat bozorda noto‘g‘ri harakatlar qilib, narxni belgilashga urinmayotgan bo‘lsa, bozorga kirish va chiqishda tarif va notarif to‘siqlar o‘rnatmayotgan bo‘lsa, narxlarning oshishiga mahsulot taklifining kamayishi sabab bo‘ladi. Prezidentning 31 may kungi yig‘ilishida aytilganidek, dunyoda kun sayin oziq-ovqat bilan bog‘liq cheklovlar va narxlarning o‘sishi kuchaymoqda. Jahon bozorlarida bug‘doy narxi 50 foizga, o‘simlik yog‘i 33 foizga, shakar 14 foizga, neft esa 47 foizga oshgan. Ya’ni oziq-ovqat narxlari o‘sishi nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda kuzatilayotgan jarayon hisoblanadi. Tarif va notarif to‘siqlarga kelinadigan bo‘lsa, 2023 yil 1 yanvarga qadar 22 ta turdagi iste’mol va oziq-ovqat mahsulotlari (go‘sht, baliq, sut mahsulotlari, meva, o‘simlik yog‘i) bojxona bojlaridan ozod etildi. Aslida nafaqat oziq-ovqat, balki istalgan turdagi mahsulotlar bojdan cheklanmagan muddatga ozod qilinishi maqsadga muvofiq, lekin bu — boshqa masala. Aytmoqchi bo‘layotganimiz, narxlar oshishiga endilikda bojlar ham sabab bo‘lmaydi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling