Bozor faoliyati sharoitida narx ustidan nazoratning amalga oshirilishi Kirish


-chizma Narx maksimal bo'lganda mahsulot tanqisligi


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana08.05.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1441514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Diyora kurs ishi 0

 1-chizma Narx maksimal bo'lganda mahsulot tanqisligi
Maksimal narx o'rnatilganda bir qator ishlab chiqaruvchilar (xarajatlarini 
maksimal narxda qoplay olmagani uohun) bozordan siqib chiqariladi va ishlab 
chiqariladigan va sotiladigan mahsulot hajmi Q, dan Q1 gacha kamayadi. Tovarni 
sotib olishni davom ettirayotgan iste'molchilar tovarni past narxda sotib oladilar va 
ularning iste'mol ortiqchaligi oshadi. 
Minimal narxning o'rnatilishi, ortiqcha mahsulotning vujudga kelishiga olib 
keladi yoki mahsulotlar sotilmasdan omborlarda to'planib qolishiga olib keladi. Bu 
vaziyat chizmada keltirilgan, ortiqcha mahsulot hajmi Qs - Qp ga teng. Agar davlat 
mahsulotni minimal narxdan past narxda sotishga ruxsat bermasa, bu yerda ham 
norasmiy bozor vujudga keladi. 


 2-chizma. Narx minimal bo'lganda mahsulot ortiqchaligi. 
Grafikdagi E' nuqta ortiqcha mahsulotni norasmiy ravishda muvozanat 
narxdan past narxda (P, narxda) sotilishi mumkin bo'lgan vaziyatni 
ko'rsatadi.Shunday qilib, talab va taklif modeli orqali bozor narxlarini 
o'zgartirishning oqibatlarini chuqur tahlil qilish mumkin.Faraz qilaylik, tovarga 
davlat tomonidan maksimal narx P*o'rnatildi, ya'ni P*
narx).Ushbu oshgan ortiqchalik grafikda qo'sh shtrixlangan A 
to'rtburchak yuzi bilan ifodalangan. Lekin bir qator iste'molchilar tovar hajmi 
qisqargani uchun uni sotib ololmaydilar. Ularning iste'mol ortiqchaligining 
qisqarganligi shtrixlangan B uchburchak yuziga teng. Demak, iste'molchi 
ortiqchaligining sof o'zgarishini quyidagicha aniqlash mumkin: 
∆ist.=A-B, (1) 
bu yerda, ∆ist. - iste'molchi ortiqchaligining sof o'zgarishi.Chizmadan ko'rinib 
turibdiki, A>B bo'lgani uchun sof iste'molchi ortiqchaligi musbat ∆ist.>0.Endi 
ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini qaraymiz. Bozorda qolib ishlab chiqarishni davom 
ettirayotgan ishlab chiqaruvchilar bozor narxidan past narxda Q, hajmda mahsulot 
ishlab chiqaradi.Ishlab chiqaruvchilar grafikda ko'rsatilgan A to'rtburchak yuziga 
teng bo'lgan iste'molchi ortiqchaligini yo'qotadilar. Bozordan siqib chiqarilgan 
ishlab chiqaruvchilar tomonidan yo'qotilgan ishlat chiqaruvchi ortiqchaligi esa C 
uchburchak yuzi bilan ifodalangan. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling