Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

Monetarizm – iqtisodiyotni barqarorlashtirishda pul omillari hal qiluvchi rol 
o‘ynashini asoslashga qaratilgan nazariya. Monetaristlar iqtisodiyotni boshqarishda 
davlat pul masalasi, pul emissiyasi, muomala va zahiradagi pul miqdorini nazorat 
qilishi, davlat byudjeti muvozanatlashuviga erishishi va yuqori bank kredit foizini 
o‘rnatishi zarur deb hisoblaydi.
Monetarizm erkin raqobat va narxning erkin shakllanishini bozor 
iqtisodiyotining asosi va uning muvozanatlikka erishish sharoiti deb hisoblaydi. 
Ular fikricha, bozor o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tizim bo‘lib, davlatning 
aralashuvini esa faqat pul sohasi bilan cheklash lozim. 
Uning asoschilaridan biri amerikalik iqtisodchi Nobel mukofoti sovrindori 
Milton Fridman iqtisodiyotni barqaror qilishda pul omili asosiy rol o‘ynaydi, 
degan g‘oyani ilgari suradi. M. Fridmanning fikricha, pul iqtisodiy jarayonlarni 
tartibga solishning asosiy dastagi bo‘lishi mumkin. 


25 
Uning iqtisodiy qarashlaridan Pinochet davlat boshqaruviga kelgan davrda 
Chilida, R.Reygan iqtisodiy siyosatini asoslash uchun AQShda foydalanilgan.
XX asrning 50–60-yillarida neoklassik yo‘nalishida bir qator yangi oqimlar 
vujudga keldi. Ularning asosiylari quyidagilar: 
Neoliberalizm (F.Xaek, Shumpeter, L.Erxard) – asosiy e‘tiborni davlatning 
iqtisodiyotga aralashuvini eng kam darajaga keltirishga, xususiy tadbirkorlikni 
rivojlantirishga qaratish lozimligini uqtiradi. 
Institutsionalizm tarafdorlari (T.Veblen, U.Mitchel, M.Veber, J.Gelbreyt) 
fikriga ko‘ra xo‘jalik yurituvchilar o‘rtasidagi munosabatlar nafaqat iqtisodiy, balki 
noiqtisodiy omillar ta‘sirida vujudga keladi. Shu sababli iqtisodiyotga muassasaviy 
o‘zgarishlar orqali ham ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. 
Tayanch tushunchalar 
Iqtisodiyot –bu iqtisodiy ne‘matlar va vositalarni takror ishlab chiqarish 
jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar, xo‘jalik yuritish shakllari, 
ularni tartibga soluvchi mexanizmlar va infratuzilmaviy muassasalarning ma‘lum 
darajada tartibga solingan tizimidir. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling