Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


mahsulot birligiga sarf-xarajatlar darajasi unumdorligi past, yer uchastkalari


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

mahsulot birligiga sarf-xarajatlar darajasi unumdorligi past, yer uchastkalari 
nisbatan kam bo’ladi. 


245 
Differentsial renta – I ning hosil bo’lishi
(shartli misol) 
16.1-jadval 
Er uchast-
kalari 
Ishlab 
chiqarish 
xarajat-
lari (ming 
so‘m) 
O‘r-
tacha 
foyda 
(ming 
so‘m) 
Umumiy 
qiymat 
(ming 
so‘m) 
Yalpi 
hosil 
(tonna) 
Alohida ishlab 
chiqaruv-
chilar mahsu-
loti qiymati 
(so‘m) 
Bozor 
narxi 
(so‘m) 
Yalpi sotil-
gan tushum 
Diffe-
rentsial 
renta- I. 
(ming 
so‘m) 
A
yuqori 
unumli 
8000 
2000 
10000 
30 
333 
500 
15000 
5000 
B
o‘rtacha 
unumli 
8000 
2000 
10000 
25 
400 
500 
12500 
2500 

past 
unumli 
8000 
2000 
10000 
20 
500 
500 
10000 

Differentsial renta I xo‘jaliklar faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tabiiy 
sharoitda vujudga keladi. Shuning uchun ham qishloq xo‘jaligi korxonalarida hosil 
qilingan bu xildagi renta yer davlat mulki bo‘lishi sababli uning manfaatlari yo‘-
lida sarf qilish maqsadida markazlashtirilgan davlat fondida (byudjetida) 
to‘planishi lozim. Bu hol o‘rta va yaxshi unumli yerda joylashgan xo‘jaliklarning 
iqtisodiy manfaatdorligiga putur yetkazmaydi, balki boshqa xo‘jaliklar bilan ozmi-
ko‘pmi iqtisodiy sharoitlarni tenglashtirish imkonini beradi. Markazlashtirilgan 
davlat fondiga o‘tgan bu mablag‘larni, mamlakat oldida turgan vazifalarni amalga 
oshirish, xususan yangi yerlarni o‘zlashtirish va yer unumdorligini oshirish bilan 
bog‘liq bo‘lgan tadbirlarni amalga oshirish uchun yo‘naltirilishi mumkin bo‘ladi. 
Differentsial renta – I yer uchastkalarining shaharlarga, bozorlarga, yo‘llarga 
va suv manbalariga joylashgan joydagi farqlar natijasida ham vujudga keladi. 
Differentsial renta – I qishloq xo‘jaligini ekstensiv, Differentsial renta – II 
esa intensiv rivojlantirish natijasida hosil bo‘ladi. 
Differentsial renta II yerdan intensiv foydalanish, ya‘ni uning iqtisodiy 
unumdorligini oshirish orqali sifati past bo‘lgan yerlarda ham hosil bo‘lishi 
mumkin. Bunday yerlarning iqtisodiy unumdorligi xo‘jalik yurituvchilar 


246 
tomonidan oshirilishi sababli bu xildagi rentaning asosiy qismi xo‘jaliklarning 
o‘zlarida qoldirilishi mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Uning faqat bir qismi davlat fondiga 
jalb qilinishi mumkin, chunki davlat ma‘lum darajada bu rentani hosil qilishda o‘z 
hissasini qo‘shadi, ya‘ni transport yo‘llari qurilishiga, irrigatsiya-melioratsiya 
ishlarini amalga oshirish uchun kapital mablag‘lar sarflaydi. Shunday qilib
differentsial renta I va Differentsial renta II er egasi bo‘lgan davlat bilan xo‘jalik 
yurituvchi sub‘ektlar o‘rtasida taqsimlanadi. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling