Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

2. 
Yer rentasi va uning turlari 
Yer rentasi yer egaligini iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqarishning 
shaklidir. Yer rentasi yerga ishlab chiqarish omili sifatida egalik qiluvchilarning 


244 
oladigan daromadidir. Yer rentasining bir qancha tarixiy ko‘rinishlari ham mavjud 
bo‘lgan. Jumladan, barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul solig‘i 
shakllaridagi feodal rentalari shular jumlasidandir. Renta vujudga kelish sabablari va 
shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: Absolyut yer rentasi
Differentsial renta ( I va II) monopol renta, qazilma boyliklar, qurilishlar 
joylashgan yerlardan olinadigan renta. 
Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida 
vujudga keladigan qo‘shimcha daromadning bir qismi renta shaklini oladi hamda u 
Differentsial renta deb ataladi. 
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini faqat yaxshi unumdor yer uchastkalarida 
yuritish orqali jamiyat ehtiyojlarini qondirish mumkin emas. Agar ishlab 
chiqarilgan mahsulot to‘lovga qodir talab bilan ta‘minlangan bo‘lsa, yerning 
mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoit qishloq xo‘jalik tovarlariga 
narx shakllanishini tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi. 
Natijada o‘rtacha yoki yaxshi yerlarda xo‘jalik yurituvchi ishlab 
chiqaruvchilar ko‘proq mahsulot va binobarin foyda oladilar. 
Bu foyda qisqa muddatli emas, balki ozmi-ko‘pmi doimiy xarakterga ega. 
Barcha yerlar mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan egallab olinganligi 
sababli, bu ishlab chiqaruvchilarda yerga xo’jalik ob’ekti sifatidagi monopoliya 
vujudga keladi. Bu hol differentsial rentaning vujudga kelishiga shart-sharoit 
yaratadi. 
Shunday qilib, differentsial renta hosil bo‘lishining shart-sharoiti miqdori 
cheklangan, 
unumdorligida 
farqlar 
bo‘lgan yerlarda iqtisodiy jihatdan 
alohidalashgan tarzda mustaqil xo‘jalik yuritishdir. 
Differentsial renta o‘zining kelib chiqish sharoitlariga qarab Differentsial renta 
– I va Differentsial renta – II ga bo‘linadi. 
Differentsial renta – I erning tabiiy unumdorligi bilan bog‘liq bo‘lgan, 
serunum yer uchastkalarida vujudga keladi. Chunki bunday yer uchastkalarida 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling