Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


-chizma. Yer rentasining aniqlanishi


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

16.1-chizma. Yer rentasining aniqlanishi 
Yer taklifining doimiy xarakteri shuni bildiradiki, talab yer rentasini 
belgilovchi yagona omil bo‘lib chiqadi, taklif passiv rol o‘ynaydi. Yerga bo‘lgan 
talabni o‘z navbatida ikkita asosiy omil belgilab beradi.. Bular shu yerda 
etishtirilgan mahsulot narxi va yerning unumdorligi. Agar yerga bo‘lgan talab D
2
dan D
1
ga ortsa yoki D
2
dan D
3
ga pasaysa, yer rentasi R
2
dan R
1
ga yoki R
3
ga 
o‘zgarishi mumkin, yerga talab miqdorining o‘zgarishi mavjud yer miqdoriga hech 
qanday ta‘sir ko‘rsatmaydi. Agar yerga talab faqat R
4
ga teng bo‘lsa, yer rentasi 
nolga teng bo‘ladi, ya‘ni yer «tekin tovar» hisoblanadi. 


242 
Turli yer uchastkalari o‘zlarining unumdorligi bo‘yicha keskin farqlanishi 
sababli bu yerlarda rentaning vujudga kelishida ham farq bo‘lishiga olib keladi.
Yer unumdorligidagi bu farqlar, unga bo‘lgan talabda o‘z aksini topadi. Narxning 
raqobatli bozor sharoitida tashkil topishi juda unumdor yerlarga yuqori rentaning, 
past unumdor yerlarga bir muncha kamroq rentaning o‘rnatilishiga sabab bo‘ladi. 
Yerning o‘rnashgan joyi (bozorlarga, temir yo‘llarga, suv manbalariga va shu 
kabilarga) ham yer rentasidagi farqlarni tushuntirishda muhim omil hisoblanadi. 
Boshqa sharoitlar bir xil bo‘lganda ijarachi mehnat va moddiy resurslarga nisbatan 
qulay joylashgan yer birligi uchun, bozordan uzoq joylashgan yerlarga nisbatan 
ko‘proq ijara haqi to‘laydi.
Shunday qilib yerga bo‘lgan talab va renta miqdoriga ta‘sir qiluvchi omillar 
quydagilar: 

Yerlarning unumdorligi. Bir turdagi ekinlar ekilganda unumdorligi 
yuqori bo‘lgan yerlarga talab katta bo‘ladi va bu rentaning ham yuqori bo‘lishiga 
olib keladi. 

Foydalanishda bo‘lgan yerlarda etishtiriladigan qishloq xo‘jalik 
maxsulotlarining bozor narxi. Qaysi mahsulotning bozor narxi yuqori bo‘lsa, shu 
ekin ekiladigan yerlarda renta ham yuqori bo‘ladi. 

Birgalikda 
foydalaniladigan 
boshqa 
resurslarning 
narxlari 
va 
unumdorligi. Masalan, qishloq xo‘jalik mashina va uskunalarining narxi hamda 
unumdorligi renta miqdoriga ta‘sir ko‘rsatadi. 

Yer maydonlarining shahar markazlari, bozorlar, yo‘llar va suv 
manbalariga joylashishining uzoq-yaqinligi. 

Yerlardan sanoat, qurilish va boshqa maqsadlarda foydalanish 
imkoniyatining mavjudligi. 

Yerlarda ekin turlarini joylashtirish imkoniyatlari darajasi. 
Unumdorligi bir xil bo‘lmagan yerlarda vujudga keladigan renta 
miqdoridagi farqlarni yuqoridagi grafikda, faqat bir muncha boshqa nuqtai 
nazaridan oson kuzatish mumkin. Bunda har xil unumdorlikka ega bo‘lgan yer 
uchastkasida oldingidek faqat bitta qishloq xo‘jalik mahsuloti, aytaylik don 


243 
etishtiriladi, har bir yer uchastkasining hajmi doimiy (SS ga teng) deb faraz 
qilinadi. Kapital, mehnat va o‘zaro bog‘liq boshqa resurslar miqdorini barcha 
uchastkalarga bir xil sarflaganda ularning unumdorligi yoki yanada aniqroq, pulda 
ifodalangan keyingi unumdorligi har bir uchastka uchun D
1
, D
2
, D
3
, D
4
talab egri 
chizig‘ining holatidan ko‘rinadi. 1-, 2-, 3- er uchastkalariga mos keluvchi iqtisodiy 
renta R
1
, R
2
va R
3
dan iborat bo‘ladi, bunda rentalardagi farq uchta yer 
uchastkasining sifati, bir xil emasligini ko‘rsatadi. 4-er uchastkasining unumdorligi 
shunchalik pastki, ijarachilar uchun uni to‘liq qishloq xo‘jalik aylanmasiga kiritish 
foydasiz. Rentaning vujudga kelishini tahlil qilishda yerdan foydalanishning 
muqobil variantlari mavjud bo‘lishini ham hisobga olish lozim. Ma‘lum yer 
uchastkasidan nafaqat don, balki boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish, 
mol boqish, uy yoki boshqa ob‘ektlar qurish, hamda sanoat ishlab chiqarish 
maqsadlarida foydalanish mumkin. Yerdan foydalanishning bu muqobil variantlari 
ham renta miqdorida farqlar bo‘lishiga olib keladi.
Renta iqtisodiy kategoriya sifatida, taklifi noegiluvchan bo‘lgan har qanday 
omil hisobiga olingan daromadni anglatadi. Renta turidagi daromad taklifi 
cheklangan boshqa tabiiy resurslarda ham uchraydiki, ular ko‘pincha kvazirenta 
deb ataladi. 
Kvazirenta – bu qandaydir ishlab chiqarish omili taklifi kam yoki ko‘p 
darajada cheklanganligi keltirib chiqaradigan daromaddir.
Daromadlarga bunday yondoshuv, masalan, nima uchun bir kasbdagi 
kishilar ish haqida juda katta farqlar mavjud bo‘lishini tushunib olish imkonini 
ham beradi. Agar gap taklifini ko‘paytirish mumkin bo‘lmagan beqiyos talant, 
noodatiy tug‘ma layoqat haqida ketsa, ish haqi ko‘p marta ortadi. Shu sababli, 
kinoyulduz yoki gipnozchi daromadini ish haqidan ko‘ra renta deb hisoblash 
maqsadga muvofiq. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling