253
Absolyut renta – qishloq xo‘jaligida yerga bo‘lgan xususiy mulkchilik
monopoliyasi
natijasida vujudga kelib, hamma turdagi yerlardan olinadigan
daromad.
Monopol renta – alohida tabiiy sharoitga ega bo‘lgan,
noyob qishloq
xo‘jalik mahsulotlari etishtiriladigan yerlardan olinadigan renta.
Undurma sanoatda renta – foydali qazilma konlarining joylashishi (yer
yuzasiga nisbatan) va ularning boyligi jihatdan farqlar natijasida vujudga keladigan
daromad.
Agrosanoat majmuasi – qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, uni
saqlash, qayta ishlash va iste‘molchilarga yetkazib berish bilan bog‘liq xo‘jalik
tarmoqlarining birligi.
Qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasi – bevosita qishloq xo‘jalik ishlab
chiqarishiga xizmat ko‘rsatuvchi sohalar.
Ijtimoiy infratuzilma – odamlar yashash va turmush
faoliyatining umumiy
sharoitlarini ta‘minlaydigan sohalar.
Do'stlaringiz bilan baham: