Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Differentsial renta – II ning hosil bo’lishi


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

Differentsial renta – II ning hosil bo’lishi
(shartli misol) 
16.2-jadval
Er uchastkasi 
(V past unumli) 
Umumiy 
qiymat (ming 
so‘m) 
Yalpi ho- 
sil. (tonna) 
Maxsulot 
birligi bahosi 
(tonna) 
Bozor 
narxi 
(tonna) 
Yalpi sotilgan 
mahsu- 
lot
(ming so‘m) 
Diffe-rentsial 
renta-II 
1-yil 
10000 
20 
500 
500 
10000 

2-yil 
12000 
40 
300 
500 
20000 
8000 
Absolyut renta. Ko‘pgina mamlakatlarda qishloq xo‘jaligida yerga xususiy 
mulkchilik monopoliyasi sharoitida ishlab chiqarishni olib borishga to‘g‘ri keladi. 
Bu monopoliya ijaraga beriladigan barcha yer uchastkalarining unumdorligidan 
qat‘iy nazar, yer egalariga absolyut rentani olishga imkon beradi. Absolyut yer 
rentasining vujudga kelish mexanizmi shundan iboratki, xususiy mulk sababli 
kapitallarning qishloq xo‘jaligiga kirib kelishi cheklanadi: natijada qishloq 
xo‘jaligida vujudga keltirilgan sof daromad (foyda) tarmoqlar o‘rtasida 
taqsimlanmasdan o‘zida qoladi. Pirovardida bu qo‘shimcha daromad absolyut yer 
rentasiga aylanadi. 
Renta nazariyasiga ko‘ra qishloq xo‘jaligida rentaning yana bir turi – 
monopol renta ham mavjud bo‘ladi. Boshqa yerda uchramaydigan tabiiy sharoit
ba‘zan noyob qishloq xo‘jalik mahsulotlari (uzumning alohida navlarini, tsitrus 
ekinlari, choy va hokazolarning alohida turlarini) etishtirish uchun imkoniyat 
yaratadi. Bunday tovarlar monopol narxlarda sotiladi. Bu narxlarning yuqori 
bo‘lishi ko‘pincha to‘lovga qodir talab darajasi bilan belgilanadi. Natijada 


247 
monopol narxlar shunday mahsulotlarning individual qiymatidan ancha yuqori 
bo‘lishi mumkin. Bu esa yer egalariga monopol renta olish imkonini beradi. 
Faqat qishloq xo‘jaligida emas, balki undirma sanoatda ham renta hosil 
bo‘ladi. Ma‘lumki foydali qazilma konlari joylashuvi (yer yuza qatlamiga 
nisbatan) va konning boyligi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Xuddi qishloq 
xo‘jaligidagi singari, sharoiti o‘rta va yaxshi konlardagi korxonalar qo‘shimcha 
foyda oladilarki, u ham Differentsial rentaga aylanadi. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling