273
Iste’molchilik sarflaridagi o’zgarishlar. Bu iste‘molchi
farovonligi, iste‘-
molchining kutishi, iste‘molchining qarzlari va soliqlarning o‘zgarishi natijasi hi-
soblanadi. Aholi sonining o‘zgarishi ham mazkur sarflarga ta‘sir ko‘rsatadi.
Iste’molchining farovonligi iste‘molchi ega bo‘lgan
barcha moliyaviy
aktivlarga (aktsiya va obligatsiya) hamda uy va yer kabi ko‘chmas mulklarga
egaligiga bog‘liq bo‘ladi. Ularning real qiymatining keskin kamayishi tovar xarid
qilishining kamayishiga olib keladi. Iste‘molchilik sarflarining qisqarishi natijasida
yalpi talab kamayadi. Aksincha moddiy va
moliyaviy qimmatliklar real
qiymatining oshishi natijasida, narxlarning mavjud darajasida iste‘molchilik
sarflari o‘sadi. Uy va yer real qiymatining keskin kamayishi,
narx umumiy
darajasining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan holda iste‘molchi farovonligining
pasayishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: