Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xuddi shunday inflyatsiyaning kutilishi
- Iste’molchi qarzlari
- 2. Investitsion sarflar
Iste’molchining kutishi. Iste‘molchilik sarflari hajmidagi o‘zgarish, uning
narxlar va daromadlar darajasidagi kelajakdagi o‘zgarishlarni oldindan bilishiga bog‘liq. Jumladan, agar odamlar kelajakda o‘zlarining real daromadi ko‘payadi, deb hisoblasa, ular joriy daromadlarining ko‘proq qismini sarflashga tayyor bo‘ladi. Natijada bu davrda iste‘molchilik sarflari ko‘payadi, jamg‘arish esa kamayadi va yalpi talab ortadi. Aksincha, agar odamlar kelajakda o‘zlarining real daromadlari kamayadi deb hisoblasa, ularning iste‘molchilik sarflari va demak, yalpi talabi qisqaradi. Xuddi shunday inflyatsiyaning kutilishi bugungi yalpi talabni oshiradi. Chunki iste‘molchilar narxlar oshguncha tovarlarni xarid qilib qolishga harakat qiladi. Aksincha, yaqin kelajakda narxlar pasayishining kutilishi, bugungi iste‘mol miqdorining kamayishiga olib keladi. Iste’molchi qarzlari. Iste‘molchi qarzlari ko‘p bo‘lganda, u joriy daromadini unga to‘lab, o‘zlarining bugungi sarflarini qisqartirishi mumkin. Soliq. Daromad solig‘i stavkasining kamayishi, narxlarning mavjud darajasida iste‘molchilik sarflarini ko‘paytiradi, soliqlarning oshishi esa iste‘molchilik sarflarini kamaytiradi. 2. Investitsion sarflar. Bunday, sarflar, ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish, yalpi talabning narxdan tashqari muhim omili hisoblanadi. Narxlarning 274 mavjud darajasida sotib olish mumkin bo‘lgan yangi ishlab chiqarish vositalariga investitsiyalarning kamayishi yalpi talabning kamayishiga, teskari holda uning ko‘payishiga olib keladi. Foiz stavkasi va foyda. Investitsion sarflarni o‘zgartirish mumkin bo‘lgan narxdan tashqari omillarni hisoblanadi. Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda, foiz stavkasining oshishi, investitsion sarflarning kamayishiga va yalpi talabning qisqarishiga olib keladi. Mamlakatdagi pul massasining o‘zgarishi oqibatida foiz stavkalarining o‘zgarishi ro‘y beradi. Pul massasining ko‘payishi foiz stavkasini kamaytiradi va shu orqali kapital qo‘yilmalar hajmini ko‘paytiradi. Aksincha, pul massasining kamayishi foiz stavkasining oshishiga va investitsiyalarning qisqarishiga olib keladi. Kapital qo‘yilmalardan yuqori foyda olishning kutilishi investitsion tovar- larga talabni oshiradi va aksincha, istiqbolda investitsion loyihalardan foyda olish noaniq bo‘lsa, investitsiyalarga sarflar kamayish tamoyiliga ega bo‘ladi, demak, yalpi talab ham kamayadi. Soliqlar. Korxonadan olinadigan soliqlarning ko‘payishi kapital qo‘yilmalardan olinadigan foydaning kamayishiga va demak, investitsion sarflar va yalpi talabning qisqarishiga olib keladi. Aksincha, soliqlarning qisqarishi bunday foydani va investitsion sarflarni ko‘paytiradi. Texnologiya. Yangi va takomillashgan texnologiya investitsion sarflarni va shu orqali yalpi talabni rag‘batlantirish tamoyiliga ega bo‘ladi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling