Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

Sof milliy mahsulot (SMM) – Yalpi ichki mahsulotdan uni ishlab chiqarish 
uchun sarflangan moddiy xarajatlarni chiqargandan keyin qolgan qismi.
Milliy daromad – yangidan vujudga keltirilgan qiymat bo‘lib, SMMdan 
egri soliqlarni chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. 
Shaxsiy daromad – milliy daromaddan ijtimoiy sug‘urta ajratmalari
korxona foydasidan olinadigan soliqlar va uning taqsimlanmaydigan foydasini 
chiqarib tashlash hamda aholi qo‘liga kelib tushadigan ijtimoiy (davlatning 
transfert to‘lovlari) to‘lovlar summasini qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi. 
Nominal YaIM – joriy narxlarda hisoblangan YaMM. 
Real YaIM – narxlarning o‘zgarishini hisobga olib, doimiy narxlarda 
hisoblangan YaIM. 
Oraliq mahsulot – ishlov berish, qayta ishlash va qayta sotish maqsadlarida 
sotib olingan mahsulotlar. 
Pirovard mahsulot – ishlab chiqarish jarayoni yakunlangan, shaxsiy va 
unumli iste‘mol qilishga tayyor bo‘lgan mahsulotlar. 
Xufyona iqtisodiyot YaMMni ishlab chiqarish, taqsimlash va undan 
foydalanishning rasmiy iqtisodiyotdan yashirin harakatda bo‘lgan qismi. 
 
Muhokama uchun savollar 
1. Milliy iqtisodiyot tushunchasi nimani ifodalaydi? Uning qanday tarkibiy 
qismlari mavjud?
2. Milliy hisoblar tizimining mohiyati nimada? U o‘z ichiga qanday 
ko‘rsatkichlarni oladi. 
3. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar nimalar va ular milliy iqtisodiyotda qanday 
rol o‘ynaydi? 
4. YaIM va SMM bir-biridan nima bilan farqlanadi? SMM va milliy 
daromadchi? 
5. Milliy mahsulot harakat shakllari tavsifini bering. 


271 
6. YaIM qanday usullarda hisoblanadi? Ularning farqi nimadan iborat. 
7. Nominal va real YaIM tushunchalarini izohlang. Ularning farqini 
ko‘rsating.
8. Agar joriy yildagi nominal YaIM hajmi 700 mlrd. so‘mga, narx indeksi 1,5 
ga teng bo‘lsa, real YaIM hajmi qancha bo‘ladi? Agar narx indeksi 0,8 ga teng 
bo‘lsachi? 
9. Sof iqtisodiy farovonlik ko‘rsatkichining mohiyati hamda hisoblash 
tartibini tushuntirib bering. 


272 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling