Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kondratev tsikli
Kuznets tsikli ko‘p hollarda «qurilish tsikli» deb ham nomlanib, 20 yilgacha
bo‘lgan iqtisodiy tebranishlar bilan aniqlanadi. Kuznets Saymon o‘zining «Milliy daromad» (1946 y.) nomli kitobida milliy daromad, iste‘mol sarflari, ishlab chiqarish maqsadidagi uskunalar hamda bino va inshootlarga yalpi investittsiyalar ko‘rsatkichlarida 20 yillik o‘zaro bog‘liq tebranishlar mavjud bo‘lishini ko‘rsatib bergan. 1955 yilda amerikalik iqtisodchining xizmatlarini tan olish ramzi sifatida sanoat siklini Kuznets tsikli deb nomlashga qaror qilinadi. Kondratev tsikli «uzoq to‘lqinlar» sikli deb ham ataladi. N.D.Kondratev tsikli Angliya, Frantsiya va AQShning 100-150 yil davomidagi rivojlanishini qamrab olgan. Bunda u iqtisodiy o‘sishning ko‘p omilli tahlilini o‘tkazib, ya‘ni tovar narxlari, kapital uchun foiz, nominal ish haqi, tashqi savdo aylanmasi kabi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘rtacha darajasini umumlashtirish natijasida bir qator katta sikllarni ajratib ko‘rsatadi. 348 I-tsikl: 1787-1814 yillar – ko‘taruvchi to‘lqin; 1844-1851 yillar – pasaytiruvchi to‘lqin. II-tsikl: 1844-1851 yillar – ko‘taruvchi to‘lqin; 1890-1896 yillar – pasaytiruvchi to‘lqin. III-tsikl: 1896-1920 yillar – ko‘taruvchi to‘lqin. Kondratev siklining davomiyligi o‘rtacha 40-60 yilni tashkil qiladi va uning asosiy xususiyati texnika taraqqiyoti hamda tarkibiy o‘zgarishlarni o‘zida aks ettirishi hisoblanadi. Kondratev birinchi katta siklning yuksalish fazasini Angliyadagi sanoat revolyutsiyasi, ikkinchisini – temir yo‘l transportining rivojlanishi, uchinchisini – elektr energiyasi, telefon va radioning kashf etilishi, to‘rtinchisini – avtomobil sanoatining rivojlanishi bilan bog‘laydi. Hozirgi zamon tadqiqotchilari beshinchi tsiklni elektronika, gen injenerligi va mikroprotsessorlar rivojlanishi taqozo qilishini ko‘rsatadi. Kondratevdan bir necha yillar keyin frantsuz iqtisodchisi Fransua Semyan ham katta iqtisodiy tsikllar bo‘yicha bir xil xulosaga kelgan. Odatda iqtisodiy inqirozlardan sanoatning ishlab chiqarish vositalari va uzoq muddatli foydalaniladigan iste‘mol tovarlari ishlab chiqaradigan tarmoqlari ko‘proq zarar ko‘radi. Iqtisodiyot qiyinchilikni boshdan kechira boshlaganda ishlab chiqaruvchilar ko‘pincha zamonaviy uskunalarni sotib olishni va yangi zavodlar qurishni to‘xtatadi yoki qandaydir muddatga kechiktirishi mumkin. Bunday kon‘yunktura sharoitida investitsion tovarlar zaxiralarini ko‘paytirish hech qanday iqtisodiy mazmunga ega emas, aksincha korxonalar mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan ancha to‘laroq foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Qisqa muddatli foydalaniladigan iste‘mol tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari iqtisodiy siklning oqibatlarini nisbatan kamroq darajada sezadi. Aholi yoki keng iste‘molchilar qatlamiga iqtisodiy sikl turlicha ta‘sir ko‘rsatadi. Tanazzul davri boshlanganda, doimiy daromad oluvchi iste‘molchilar oila byudjetini qisqartirishga to‘g‘ri keladi, maishiy texnika va avtomashina kabi 349 uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni xarid qilishni to‘xtatadi. Har qanday sharoitda ham aholi qisqa muddatda foydalanadigan iste‘mol tovarlarini xarid qilishni to‘xtatish mumkin emas. Faqat, bunday tovarlarni xarid qilish miqdori qandaydir darajada kamayishi mumkin. Investitsion tovarlar va uzoq muddat foydalaniladigan iste‘mol tovarlari ishlab chiqaruvchi ko‘pchilik sanoat tarmoqlari yuqori darajada monopol mavqega egaligi bilan farqlanadi va natijada bozorda nisbatan ko‘p bo‘lmagan yirik firmalar ma‘lum davr davomida narxning pasayishiga qarshi turishi, talabning kamayishi sababli mahsulot chiqarish hajmini cheklash uchun etarlicha monopol hukmronlikka ega bo‘lishi mumkin. Shu sababli talabning kamayishi birinchi navbatda ishlab chiqarish va bandlik darajasiga ta‘sir ko‘rsatadi. Bunga teskari bo‘lgan holatni qisqa muddatli foydalaniladigan iste‘mol tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlarida kuzatish mumkin. Bu tarmoqlarning ko‘pchiligi o‘zlarining raqobatga layoqatsizligi va ishlab chiqarish markazlashuv darajasining pastligi bilan tavsiflanadi. Shu sababli ular siklning salbiy oqibatlariga qarshi tura olmasligi mumkin va mahsulotlarga talabning pasayishi ishlab chiqarish darajasiga qaraganda narxlarda ko‘proq aks etadi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling