344
Sof monetar nazariya. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha bozor
iqtisodiyotidagi o‘zgarishlarda markaziy o‘rinni pul va kredit resurslari
harakatidagi o‘zgarishlar egallaydi.
Ular
fikricha, iqtisodiy faollikning o‘sishi, iqtisodiyotning ravnaq topishi,
uning turg‘unlik bilan almashinib turishiga yagona sabab pul oqimining
o‘zgarishidir. Tovarlarga talabning
ortishi natijasida savdo hajmi, chakana narx
o‘sib, ishlab chiqarishning kengayishiga olib keladi.
Pul oqimi (iste‘mol sarflari summasi) pul miqdorining o‘zgarishi natijasida
o‘zgaradi. Pul miqdorining kamayishi iqtisodiy faoliyat faolligini pasaytiradi.
Bu nazariyaning ayrim tarafdorlari pulni iqtisodiyotni
harakatga keltiruvchi
kuch sifatida qarab, uni muvozanat buzilishiga asosiy sabab deb ko‘rsatadi.
Ikkinchi guruh iqtisodchilar esa pul tizimi mutanosiblikni buzmaydi, faqat
uning buzilishiga olib keluvchi boshqa omillar uchun sharoit yaratadi, degan fikrni
ilgari suradilar. Shunga mos ravishda monetar va nomonetar yo‘nalish
vujudga
keldi. Monetar nazariyada jamg‘arishning davriy ravishda oshib ketishi va
mutanosiblik buzilishining asosiy sababi sifatida pulning xarakatini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: