359
Bu turdagi ishsizlar u yoki bu sababga ko‘ra ish joyini yo‘qotganlar bo‘lib,
har doim mavjud bo‘ladi va mehnat bozorini to‘ldiradi.
Friktsion ishsizlik muqarrar hisoblanadi, chunki ko‘pchilik ishlovchilarda
kam haq to‘lanadigan
ish joyidan, ko‘proq haq oladigan ishga o‘tishga xohish
bo‘ladi.
Tarkibiy ishsizlik - iste‘molchi talabi va texnologiyadagi o‘zgarishlar
oqibati hisoblangan tarkibiy o‘zgarishlar natijasida kelib chiqadi. Tarkibiy ishsizlar
maxsus tayyorgarlik qilmasdan, yangi ish turiga ko‘nikma hosil qilmasdan ish topa
olmaydilar.
Friktsion ishsizlik qisqa muddatli tavsifga ega bo‘lsa, tarkibiy ishsizlik esa
uzoq muddatga cho‘zilib jiddiy ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: