Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekologik inqiroz.
- Agrar inqirozlar.
Pul-kredit sohasidagi inqiroz. Mamlakatda pul-kredit tizimining tang
ahvolga tushishi bo‘lib, bunda tijorat va bank krediti tizimi pul taklifi qisqaradi. Aktsiya va obligatsiyalarning kursi, bank foiz stavkasi tushib ketadi. Valyuta inqirozi. Bunda banklarda valyuta zaxirasi tugab, milliy valyuta kursi keskin tushib boradi. Birja inqirozi. Bu qimmatli qog‘ozlar kursining tezda keskin tushib ketishi, ularni emissiya qilishning qisqarishi natijasida fond birjalari faoliyatidagi chuqur tangligini ifodalaydi. Ekologik inqiroz. Atrof-muhitning keskin buzilishi natijasida noqulay ekologik vaziyatning vujudga kelishida ifodalanadi. Tarkibiy inqirozlar. Bu inqirozlarni ishlab chiqarishning ayrim sohalari bilan tarmoqlar rivojlanishi o‘rtasidagi chuqur nomutanosibliklar keltirib chiqaradi.Tarkibiy inqirozlar milliy xo‘jalikning biron-bir tarmog‘ini qamrab olib, 351 ishlab chiqarishning tarkibiy o‘zgarishini taqozo qilsada va pirvardida xo‘jalik aloqalarning buzilishiga sabab bo‘ladi. Tarkibiy inqirozlar bilan iqtisodiy tebranishlar va shu jumladan iqtisodiy faollikning mavsumiy tebranishlari ham mavjud bo‘ladi. Masalan, bayramlar arafasida ommaviy ravishda xarid qilish, iste‘mol tovarlarining faollik sur‘atida, asosan chakana savdoda sezilarli har yillik tebranishlarga olib keladi. Qishloq xo‘jaligi, avtomobil sanoati, qurilish ham qandaydir darajada mavsumiy tebranishlarga duchor bo‘ladi. Agrar inqirozlar. Qishloq xo‘jaligida ro‘y beradigan agrar inqirozlar quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: 1) qishloq xo‘jalik mahsulotlarining nisbiy ortiqcha ishlab chiqarilishi, uning sotilmay qolgan juda katta zaxiralarining to‘planishi; 2) narxlarning pasayishi, daromadlar va foydalarning kamayishi; 3) fermerlarning ommaviy ravishda xonavayron bo‘lishi, ular qarzlarining ortishi; 4) qishloq aholisi o‘rtasida ishsizlarning ko‘payishi. Agrar inqirozlar sanoat sikllariga qaraganda odatda ancha uzoq vaqt cho‘zilib ketadi. Birinchi agrar inqiroz XIX asrning 70-yillarida boshlanib, har xil shakllarda 90-yillar o‘rtasigacha davom etgan. Birinchi jahon urushidan keyin, aholining xarid qobiliyati juda pasayib ketgan sharoitda, 1920 yil bahorida keskin agrar inqiroz boshlanib, ikkinchi jahon urushining boshlanishga qadar, uchinchi agrar inqiroz 1948 yildan, 80-yillargacha davom etgan. Agrar inqirozlarning cho‘zilib ketishining asosiy sabablari quyidagilar: a) yerga xususiy mulk monopoliyasi qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining rivojlanishida sanoatga nisbatan orqada qolishiga sabab bo‘ladi; b) yer rentasining mavjud bo‘lishi va uning uzluksiz sur‘atda o‘sib borishi. v) ko‘plab mayda dehqon xo‘jaliklarining mavjud bo‘lishi. Mayda ishlab chiqaruvchilar xo‘jalikni asosan o‘zi va oilasi uchun zarur tirikchilik vositalari bilan ta‘minlash maqsadida yuritadi. Inqiroz sharoitida ham ular ishlab chiqarishni qisqartira olmaydilar. Oilasini ta‘minlash va ijara haqini to‘lash uchun ishlab chiqarishni ilgarigi miqyoslarda olib 352 boraveradi. Bu hol qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni yana ham ko‘paytirib yuboradi. Agrar inqirozlar siklli tavsifga ega bo‘lmaydi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarish mutloq emas, balki nisbiy tavsifga ega. Chunki inqiroz ro‘y bergan mamlakatlarda million-million kishilar doimiy suratda ochlikda yashaydi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling