Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
mamlakatimiz iqtisodiyotining jahon ho‘jaligiga inqiroz oqibatlariga
ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatadigan darajada integratsiyalashmaganligi, Respublikamizda katta hajmdagi xorijiy kapitalni ushlab turuvchi kompaniya va moliyaviy insti- tutlarning yo‘qligi; xususiylashtirish mexanizmi va shart-sharoitlari natijasida deyarli barcha ustav fondlarining korxonalarning real xususiy aktivlari bilan ta‘minlanganligi; ma‘muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘li tanlanganligi; davlat bosh islohotchi sifatida mas‘uliyatni o‘z zimmasiga olishi zarurligining aniq belgilab olinganligi; O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta‘minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganligi va zarur resurslar bazasining mavjudligi; oqilona tashqi qarz siyosati olib borilganligi; aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish hamda iste‘mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o‘sishining oldini olishga doir chora-tadbirlarning izchillik bilan amalga oshirilganligi; davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining barqaror va ishonchli ekani, ularning himoya mexanizmlari kuchliligi. 358 O‘zbekistonning jami umumiy tashqi qarzi inqiroz davrida ham, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 16,0 foizdan oshmagan, bu ko‘rsatkich esa xalqaro mezonlar bo‘yicha ―o‘rtachadan ham kam‖ baholangan. Bu o‘z navbatida mamlakatimizning xalqaro darajadagi to‘lov qobiliyatga egaligini ko‘rsatadi. Respublikamizda doimo qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet el investitsiyalari uzoq muddatlarga, imtiyozli foiz stavkalari bo‘yicha jalb etildi. Natijada milliy iqtisodiyotimizning halqaro kreditlar bozoridagi kon‘yunkturaga keskin bog‘liqligi va moliyaviy inqiroz salbiy oqibatlarining oldi olindi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling