Tayanch tushunchalar
Iqtisodiy muvozanatlik - bu makroiqtisodiyot darajasida jamiyat
ehtiyojlariga mavjud iqtisodiy resurslar miqdorining va milliy ishlab chiqarish
natijalari hajmi hamda tarkibining o‘zaro mos kelishligini tavsiflaydi.
Xususiy muvozanatlik - bu ikkita o‘zaro bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy
miqdorlar yoki iqtisodiyot tomonlarining o‘zaro teng kelishidir.
Umumiy muvozanatlik - bu jamiyatning barcha ehtiyojlari va milliy ishlab
chiqarish real hajmining o‘zaro mos kelishlik darajasini bildiradi.
Retsession farq - yalpi sarflarning sof milliy mahsulot hajmidan kam
bo‘lgan miqdori.
Inflyatsion farq - yalpi sarflarning sof milliy mahsulot hajmidan ortiqcha
bo‘lgan miqdori.
Iqtisodiy mutanosiblik - iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari
o‘rtasida miqdor va sifat o‘lchamlarning mos kelishlik darajasi.
Muhokama uchun savollar
1.Iqtisodiy muvozanatlik, xususiy va umumiy muvozanatliklarga tavsif
bering. Ularga misollar keltiring.
2. Muvozanatli SMM quyidagi ikki usul yordamida qanday aniqlanishini
tushuntiring: a) yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmining taqqoslash usuli; b)
jamg‘arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli.
3.Milliy iqtisodiyotning muvozanatlik darajasiga erishishda xususiy
mutanosibliklarning roli qanday? Mutanosiblikning qanday turini bilasiz? Ularga
qisqacha ta‘rif bering.
4.Makroiqtisodiy barqarorlik nima? Unga erishish yo‘llari qanday?
Respublikada iqtisodiyot tarkibiy tuzilishi o‘zgarish tamoyillariga tavsif bering.
340
XXIII BOB. MAKROIQTISODIY BEQARORLIK: INQIROZ, ISHSIZLIK
VA INFLYATSIYA
REJA
1. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning tsiklliligi.
2. Tsikl to’g’risidagi nazariyalar, uning asosiy turlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |