Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Talab va taklif nisbati hamda uning o’zgarishi. Bozor muvozanati
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.5-chizma. Bozor muvozanati 30
- 8.7-chizma. Muvozanatli narx
3. Talab va taklif nisbati hamda uning o’zgarishi. Bozor muvozanati
Narx va boshqa omillar ta‘sirida talab va taklif miqdori o‘zgarib ular bir-biri bilan doimo ma‘lum nisbatda bo‘ladi, hamda bu nisbatlar ham muqarrar o‘zgarib turadi. O‘z navbatida talab va taklif nisbati bozor narxini belgilab beradi. Ba‘zan talab taklif miqdoridan oshib ketib, narx ko‘tirilsa, ayrim hollarda taklif talab miqdoridan oshib ketib, narx pasayadi. Talab bilan taklif miqdori o‘rtasidagi nisbat bir-biriga teng bo’lgan holat bozor muvozanati deyiladi 29 . Bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan narx bozor narxi deyiladi. Ba‘zan muvozanatlashgan narx ham deb yuritiladi. Bozor muvozanati va muvozanatli narx har doim barqaror turmaydi, ularga ta‘sir qiluvchi ko‘plab omillar 29 McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page 54 128 muvozanatlikning buzilishiga sabab bo‘ladi. Ammo iqtisodiyotda ushbu muvozanatga doimo intilish mavjud bo‘ladi. 8.5-chizma. Bozor muvozanati 30 Grafikda K nuqtaga muvozanatli narx (S m ) va mahsulotning muvozanatli miqdori (Q m ) mos keladi. Muvozanatli nuqta (K) yoki muvozanatli narx (S m )ga tasvirlanganidek sotuvchi va xaridorlar manfaatlarining spiral bo‘yicha harakati natijasida bir-biriga yaqinlashish yo‘li bilan erishiladi. Xususan, bizning misolda, narx 5000 so‘m bo‘lganda, xaridor mazkur tovar (un) dan 10 kg sotib olishga, sotuvchi esa 60 kg bozorga chiqarishiga tayyor bo‘ladi. 1000 so‘mlik narxda sotuvchi va xaridorlar ahvoli butunlay qarama-qarshi tomonga o‘zgaradi: sotuvchi faqat 5 kg un chiqarishga, xaridor esa 80 kg sotib olishga tayyor bo‘ladi va hokazo. 8.7-chizma. Muvozanatli narx 30 McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw- Hill, 2014. page 54 129 Talab va taklifning o‘zgarishi spiral bo‘yicha har bir harakatida ularning manfaati muvozanatli nuqtaga erishilguncha bir-biriga yaqinlashib borishini va muvozanatli nuqta ular talab va taklifi tengligini ko‘rsatadi. Grafikda 1 va 2 nuqtalar o‘rtasidagi farq tovarlar ortiqcha ishlab chiqarilishini ko‘rsatadi va to’yingan bozorni xarakterlaydi. Aksincha, 3 va 4 nuqtalar o‘rtasidagi farqda tovar kamyobligi vujudga keladi va bu taqchil tovar bozorini tavsiflaydi. Muvozanatli narxni tushunib olish uchun vaqt omili katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu sababli bozordagi bir zumlik, qisqa davrli va uzoq davrli muvozanatlik holatni farqlash zarur. Bir zumlik muvozanat uchun taqdim qilinadigan tovarlarning o‘zgarmas yoki doimiy miqdori xos. Bu ishlab chiqarishning bozor vaziyatiga tez, birdaniga moslasha olmasligi bilan bog‘liq. Qisqa davrli muvozanatlik, ishlab chiqarish va taklifni vaqtinchalik amal qiluvchi omillardan foydalanish asosida ko’paytirish imkoniyatini taqozo qiladi. Bunday vaqtinchalik omillarga ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram kunlari ishlash, ish smenasini ko‘paytirishlar kiradi. Uzoq davrli muvozanatlik o’zgarishi uzoq muddatli davrdagi omillardan foydalanishni taqozo qiladi. Bunda ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, yangilash va qo‘shimcha quvvatlarni vujudga keltirish bilan bog‘liq investitsiyalar haqida gap boradi. Bu davrda yangi korxonalarni qurish hamda mazkur bozorda yangi sotuvchilarning paydo bo‘lishi ham mumkin bo‘ladi. Iste‘molchining tovar narxlarining o‘zgarishiga sezgirlik darajasini aniqlashda narxli egiluvchanlik tushunchasidan foydalaniladi. Ayrim mahsulotlar narxidagi uncha sezilarli bo‘lmagan o‘zgarishlar sotib olinadigan mahsulot miqdorida katta o‘zgarishlar bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bunday mahsulotlarga talab nisbatan egiluvchan deyiladi. Boshqa xil mahsulotlar narxidagi sezilarli o‘zgarish xarid miqdorida faqat katta bo‘lmagan o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Talab hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o’zgarmay qolganda, narx 1% o’zgarganda talab necha foizga o’zgarishini ko’rsatuvchi ko’rsatkich talabning 130 narxli egiluvchanligi ko’rsatkichi deyiladi 31 . Bu ko’rsatkich ko’pincha oddiy qilib talabning egiluvchanligi deb ataladi. Talabning narxli egiluvchanlik (E t ) darajasi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi S Q E t Bu erda: Q – talab miqdorining foizli o‘zgarishi; S – narxlarning foizli o‘zgarishi. Talabning narxli egiluvchanligini belgilab beruvchi bir qator omillar mavjud bo‘ladi. Ularning asosiylari quyidagilar: 1. Mahsulotlarning o’rnini bosuvchanligi. Iste‘molchiga biror mahsulotning o‘rnini bosuvchi boshqa mahsulotlar ko‘proq tavsiya qilinsa, unga talab shuncha egiluvchan bo‘ladi. Masalan, sof raqobatli bozorda taklif qilinadigan mahsulotlarning juda ko‘p o‘rnini bosuvchilari mavjud bo‘ladi, shu sababli har bir alohida sotuvchi mahsulotlariga talab butunlay egiluvchan bo‘ladi. 2. Mahsulot qiymati (narxi) ning iste’molchi daromadidagi salmog’i. Iste‘molchi daromadida mahsulotlar narxi qanchalik katta o‘rinni egallasa, unga talab shuncha yuqori egiluvchan bo‘ladi. Masalan, daftar yoki qalam narxining 10 foizga o‘sishi, bir necha so‘mni tashkil qiladi va bu talab bildirgan mahsulot miqdorida juda kam o‘zgarish bo‘lishiga olib keladi. Shu bilan birga, avtomobil yoki uy narxining 10 foizli o‘sishi, mos ravishda 50 yoki 150 mln. so‘mni tashkil qiladi. Narxlarning bunday oshishi juda ko‘p oilalar daromadining katta qismini tashkil qiladi va aytish mumkinki bu sotib olinadigan mahsulot miqdorini sezilarli kamaytiradi. 3. Mahsulotlarning iste’mol xususiyatlari. Zebu-ziynat buyumlariga talab odatda egiluvchan, hayotiy zarur buyumlarga esa talab noegiluvchan hisoblanadi. Masalan, non va elektr energiya zaruriy iste‘mol buyumlari hisoblanadi, Shu sababli ularga narxning oshishi non yoki 31 McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page 57-58 131 elektr energiyani iste‘mol qilishning keskin kamayishiga olib kelmaydi. Boshqa tomondan zebu – ziynat buyumlariga narxlar oshganda ularni qiyinchiliksiz iste‘moldan chiqarib tashlash mumkin. 4. Vaqt omili. Qaror qabul qilish uchun vaqt oralig‘i qancha uzoq bo‘lsa, mahsulotga talab shuncha egiluvchan bo‘ladi. Masalan, agar mol go‘shtining narxi 10% ga ko‘tarilsa, iste‘molchi uni xarid qilishni birdaniga qisqartirmasligi mumkin. Lekin bir qancha vaqt o‘tishi bilan u o‘zining moyilligini tovuq yoki baliq go‘shtiga o‘tkazishi mumkin. Talabga nafaqat tovarlar narxi, balki boshqa omillar, jumladan iste‘molchi daromadlari va boshqa tovarlar narxi ham ta‘sir ko‘rsatadi. Shu sababli talab egiluvchanligi bu barcha boshqa omillar bo‘yicha ham yuqorida qarab chiqilgan tartibda aniqlanadi. Muayyan tovarga talab boshqa tovarlar narxi o‘zgarishiga sezgirlik darajasi talabning kesishmali egiluvchanligi (KE) deyiladi. Mazkur ko‘rsatkich A tovarga bo‘lgan talab V tovar narxi 1%ga o‘zgarganda necha foizga o‘zgarishini ko‘rsatadi. Kesishmali egiluvchanlik nisbiy (KE teng(KE=O) bo‘lishi mumkin. Birinchi holda V tovarga narxning o‘sishi A tovarga talabning qisqarishiga olib keladi. Bunda A va V tovarlar bir-birini to‘ldiruvchi (avtomashina va benzin, fotoapparat va fotoplyonka) hisoblanadi. Ikkinchi holda, A va V tovarlar bir-birining o‘rnini bosuvchi (konfet va tort, sovun va shampun, choy yoki kofe) hisoblanadi. Uchinchi holda, esa A va V tovarlar bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan yoki daxlsiz hisoblanadi. Shu sababli V tovarga narxning o‘zgarishi A tovarga talabga hech qanday ta‘sir kursatmaydi yoki bu ta‘sir sezilarsiz bo‘ladi. Umumiy holda narx tizimida o‘zaro bog‘liqlikning uchta asosiy turi mavjud bo‘ladi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling