Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

To’ldiruvchanlik samarasi – bir-birini to‘ldiruvchi tovarlar narxlari 
o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. Bir-birini to‘ldiruvchi tovarlar narxi qarama-
qarshi yo‘nalishda o‘zgaradi. 
O’rnini bosish samarasi – o‘zlarining iste‘molchilik xususiyatlari bo‘yicha 
bir-birining o‘rnini bosadigan tovarlar narxi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifoda etadi, 
ya‘ni bunda biror tovar mavjud bo‘lmaganda uning o‘rnini bosadigan tovardan 
foydalanish mumkin. Mazkur holda narxlar bir xil yo‘nalishda o‘zgaradi. 
Daromad samarasi – iste‘molchilar sarflari orqali iste‘mol xususiyatlari 
bo‘yicha bog‘liq bo‘lmagan tovarlar narxlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiradi. 
Iste‘molchi daromadi cheklanganligi tufayli tovarlar narxi ortganda talab 
noegiluvchanligi sababli boshqa tovarlarga pul kam qoladi, ularga talab kamayadi 
va demak narx pasayadi. Tovarlar narxi pasayganda talab noegiluvchan tovarga 
iste‘molchilik sarflari kamayadi, boshqa tovarlarga talab ortadi va demak narxlar 
o‘sadi. 
Yuqorida qarab chiqilgan formulalardan taklifning egiluvchanlik darajasini 
aniqlash uchun ham foydalanish mumkin. Faqat formuladagi «Talab miqdorining 
foizli o‘zgarishi» jumlasini «Taklif qilingan mahsulot miqdorining foizli 
o‘zgarishi» jumlasiga almashtirish zarur.
Taklif egiluvchanligi talabning shunday ko‘rsatkichidan farq qilib, har doim 
ijobiy ahamiyat kasb etadi, chunki narx va taklif hajmi bir xil yo‘nalishda 
o‘zgaradi, ya‘ni narx o‘sganda tovar taklifi ham ortadi. Agar narxning o‘zgarishi 
taklifning o‘zgarishiga olib kelmasa taklif noegiluvchan hisoblanadi. Narxdagi 
sezilarsiz o‘zgarish (pasayish yoki ortishi) taklif kamayishi yoki ko‘payishiga 
sabab bo‘lsa, taklif mutloq egiluvchan hisoblanadi.
Taklifning egiluvchanligiga ta‘sir ko‘rsatuvchi muhim omil, mahsulotga 
narxning mavjud o‘zgarishini hisobga olish uchun zarur bo‘lgan vaqt oralig‘i 
hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchi narxning mavjud o‘zgarishiga moslashish uchun 
qanchalik uzoqroq vaqtga ega bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmi shunchalik katta 
o‘zgaradi va shunga mos ravishda talabning egiluvchanligi ham yuqori bo‘ladi. Biz 
yuqorida vaqt omilining juda qisqa, qisqaroq va uzoq muddatli davrlaridagi 


133 
taklifning o‘zgarishiga ta‘sirini tahlil qilib bergan edik. Bu ta‘sir taklifning 
egiluvchanligida ham o‘z ahamiyatini saqlab qoladi.
Taklif egiluvchanligi tovarning saqlanish muddati va saqlashga qilinadigan 
xarajatlar darajasiga ham bog‘liq. Uzoq saqlanmaydigan tovarlarga taklifining 
egiluvchanligi nisbatan past bo‘ladi. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling