Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
IX BOB. NARXNING MOHIYATI VA SHAKLLANISH XUSUSIYATLARI
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
IX BOB. NARXNING MOHIYATI VA SHAKLLANISH XUSUSIYATLARI
1. Narxning mazmuni va vazifalari. 2. Raqobatning turli shakllari sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari. 3. Narxning turlari. O’zbekistonda davlatning narx siyosati. 1. Narxning mazmuni va vazifalari Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o‘zlarining namoyon bo‘lishini narxda topadi. Qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa iste‘molchilarni rag‘bat- lantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal qiladi. Tovarning doimo bir-birini taqozo etadigan, ikki xususiyatga, ya‘ni ma‘lum bir naflilikka va qiymatga ega ekanligi sababli narx mazmuni turlicha talqin qilinadi va unga turlicha ta‘rif beriladi. Bunga qo‘shimcha narxning darajasiga uning o‘zgarishiga turli omillar ta‘sir qiladiki, bu ham masalani to‘g‘ri tushunishni biroz chigallashtiradi. Masalan, ingliz klassik siyosiy iqtisod maktabi vakillari g‘oyalarida narxning asosini qiymat tashkil qiladi deyilgan bo‘lsa, marjinalizm yo‘nalishidagi oqimlar qarashlarida tovar narxining asosini uning nafliligi, aniqroq aytganda, qo‘shilgan miqdor nafliligi tashkil qiladi deyiladi. Bunda so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligiga alohida e‘tibor beriladi. Uchinchi guruh toifadagilar esa narx talab va taklif asosida tashkil topadi deyishadi. Ularning har biri o‘zlaricha turli dalillar topib, o‘z g‘oyalarini isbotlashga harakat qiladilar 32 . Bozor iqtisodiyotida narx butun tizimni harakatga keltiruvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Tovarlar narxi bozor mexanizmining asosiy iqtisodiy dastagi hisoblanadi. Ayni vaqtda ishlab chiqaruvchi va iste‘molchilar (sotuvchi va xaridor)ning, tadbirkorlar, butun jamiyat va davlatning iqtisodiy manfaatlari narx orqali ruyobga chiqariladi. Bu narxning mazmuniga turlicha qarashlarni qaror toptiradi. 32 McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page . 436-437 138 Narxning mazmuniga bu turlicha qarashlardan A.Marshall tomonidan sintezlashtiriladi. A.Marshall narxga keyingi naflilik, ishlab chiqarish xarajatlari hamda talab va taklif nisbatining pulda mujassamlashishi sifatida qaraydi. U o‘z qarashlarida keyingi qo’shilgan naflilik, ishlab chiqarish xarajatlari, talab va taklif nazariyasini uyg‘unlashtirib narxning mazmunini ochishga harakat qiladi. U qiymatning amal qilishini inkor qilib, faqat almashuv qiymatni tan oladi. Uning fikri bo‘yicha shu almashuv qiymat – narxdir. A. Marshall fikricha narx – bu tovar va xizmatlarning foydaliligini, ya‘ni kishilarga naf keltirishini baholash vositasi bo‘lib, tovar birligi uchun to‘lanadigan pul miqdori bilan o‘lchanadi. Bunda ikki xil narxni ajratib ko‘rsatishadi. a) talab narxi. Bu – narx har bir tovar birligining xaridorlarni o‘ziga jalb qila olish qobiliyatidir, istaklar ko‘paysa u ortadi. b) taklif narxi – bu tovarning sotuvga kelib tushgan narxidir. Narx – talab va taklifning muayyan nisbatida, tovar (xizmati)ni ishlab chiqarishga ketgan iqtisodiy resurs xarajatlari hamda uning nafliligining pul ko‘rinishida mujassamlatiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx bir qator vazifalarni bajaradi: Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling