Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Erkin yoki sof raqobat sharoitida narxning shakllanishi. E


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

Erkin yoki sof raqobat sharoitida narxning shakllanishi. Erkin raqobat 
sharoitida ―sotuvchi” va “xaridor” narxlari bozor narxiga aylanadi. 
Sotuvchi o‘z tovari narxining imkon qadar yuqori bo‘lishidan manfaatdor, chunki 
bunday narx uning foydasi hajmini oshiradi. Xaridor esa tovarni eng past narxda 
sotib olishdan manfaatdor.
Sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi qulay narxga erishish borasidagi kurash har 
ikki narxning mosligi ta‘minlanguncha, ya‘ni bozor narxi paydo bo‘lguncha davom 
etadi. Shunday qilib, sotuvchining narxi tomonidan ishlab chiqarish xarajatlari
xaridor narxi tomonidan esa so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligi maydonga chiqib, 
ularning nisbati asosida bozor narxi paydo bo‘ladi. Bu holatni Marshall shunday 
ifodalaydi: «…«ishlab chiqarish xarajatlari» printsipi hamda «so‘nggi qo‘shilgan 
naflilik» printsipi, shubhasiz, yagona talab va taklif umumiy qonunining tarkibiy 
qismi hisoblanib, ulardan har birini qaychining bitta kesuvchi tomoniga qiyoslash 
mumkin»
34
.
34
Маршалл А. Принципы экономической науки. В 3 т. М., 1993. Т.III. С.282.


141 
Erkin raqobatli bozor sharoitida narx umumiy talab va umumiy taklif ta‘sirida 
shakllanib A.Marshall ta‘kidlaganidek, uning asosida ―ijtimoiy zaruriy naflilik‖ va 
―ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari‖ yotadi. (9.1-chizma).
 
9.1-chizma. Erkin raqobatli bozor sharoitida narxning shakllanishi 
Chizmadan ko‘rinadiki, faqat narxning R
E
darajasidagi talab miqdoriga ishlab 
chiqaruvchilar tomonidan taklif miqdori muvofiq keladi. Narxning bu darajadan 
har qanday pasayishi talabning taklifdan oshib ketishini, narxning bu darajadan har 
qanday yuqori bo‘lishi esa, taklifning talabdan oshib ketishini keltirib chiqaradi. 
Narxning R
A
darajasidagi holat uzoq vaqt mavjud bo‘la olmaydi. Chunki, 
tovarlarning sotilmay, to‘planib qolishi bilan sotuvchilar o‘rtasidagi raqobat 
kuchayib, ular o‘z tovarlarini tezroq sotish maqsadida narxni tushira boshlaydilar. 
Narxning R

darajasidagi holat ham barqaror turmaydi. Chunki, bunda talab 
taklifdan oshib ketib, tovarlar taqchilligi boshlanadi. Taqchil tovarga ega bo‘lish 
uchun bir-biri bilan raqobatga kirishgan xaridorlar uning narxini oshira 
boshlaydilar. 
Sof raqobat sharoitida aholida ishlab chiqaruvchilar ham, alohida
iste‘molchilar ham narx darajasiga ta‘sir ko‘rsata olmaydigan, faqat uncha
moslashishga majbur bo‘ladi. Faqat umumiy talab yoki umumiy takliflardagi
ancha katta o‘zgarlar bozor narxida o‘zgarish bo‘lishiga olib keladi. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling