Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

1. Bozor muvozanatini ta’minlash. Bunda narx bozordagi talab va taklifga 
ta‘sir ko‘rsatish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi. Bozor narxi-bu 
muvozanatli narx bo‘lib, u bozorda talab va takliflarning mos tushganligini 
bildiradi. 
2. Iqtisodiyotni tartibga solish. Narx bozor iqtisodiyotining asosiy tartibga 
solish mexanizmidir. Ayni vaqtda davlat ham uning quyi va yuqori chegarasini 
belgilab iqtisodiy faollikka ta‘sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqaruvchilar narx 
o‘zgarishiga qarab ish yuritadilar. U bozor holatini ko‘rsatib turadi. Masalan: «A» 
tovarga bo‘lgan talab oshsa narx ham oshadi, bu esa tadbirkorlarni shu tovarni 
ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi va aksincha. 


139 
3. Raqobat vositasi. Ma‘lumki, raqobat ham bozor iqtisodiyotining 
rivojlanishida asosiy rol o‘ynaydi. Raqobat usullaridan biri bu narx vositasidagi 
kurashdir. Narxni pasaytirish orqali bu kurashda yutib chiqish mumkin.  
4. Hisob – kitob vazifasi. Narx – bu almashuv qiymat, boshqacha qilib 
aytganda, tovar uchun to‘lanadigan pul miqdoridir. Shu asosida u hisob-kitob 
vazifasini bajaradi.  
5. Ijtimoiy himoya vazifasi. Bozor iqtisodiyotining o‘tish bosqichida 
ijtimoiy himoya vazifasini o‘ta vchi narxlar, aholining keng qatlamlarini hayotiy 
zarur iste‘mol tovarlari bilan eng kam darajada ta‘minlash maqsadida ham 
qo‘llaniladi. Masalan, bizning mamlakatimizda 1991 yildan 1995 yilgacha un va 
un mahsulotlari, qand-shakar, go‘sht, o‘simlik moyi, choy, sovun kabi mahsulotlar 
dotatsiyalashgan narxlarda cheklangan miqdorda sotildi. Ularning dotatsion va 
haqiqiy narxlari o‘rtasidagi farq byudjet mablag‘lari hisobiga qoplab borildi. 
6. Qiymat va naflilikni aniqlash vazifasi. Qilingan sarf-xarajatlar va 
olingan natijalar (foyda yoki zarar) narxlar asosida hisob-kitob qilinadi. Ishlab 
chiqarish va uning natijalarining natural ko‘rsatkichlari ham mavjud (tonna, kg, 
m
2
, m
3
, kvt-soat va hokazo). Bu ko‘rsatkichlarni shu holicha taqqoslab, bitta 
umumiy ko‘rsatkichga keltirib bo‘lmaydi. Barcha natural ko‘rsatkichlarning 
umumiy o‘lchovi ularning pulda ifodalangan narxidir. Hisob-kitob uchun joriy va 
qiyosiy narxlar qo‘llaniladi. Joriy narxlar amaldagi narxlar bo’lib, ular 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling