Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Narxning turlari. O’zbekistonda davlatning narx siyosati
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
3.
Narxning turlari. O’zbekistonda davlatning narx siyosati Narxlarni turkumlashga bir qator mezonlar asos qilib olinadi. Bular narxlarning iqtisodiy mazmuni, tartibga solinish darajasi va amal qilish doirasidir. I. Iqtisodiy mazmuniga ko’ra narxlar quyidagi turlarga ajratiladi. Ulgurji narxlar. Bu narxlarda tovarlar katta partiyalarda, ko‘tarasiga sotiladi. U tarkiban ishlab chiqarish xarajatlari hamda ulgurji-savdo tashkilotlari xarajatlari va foydasini o‘z ichiga oladi. Chakana narxlar. Bu tovarlar bevosita iste‘molchilarga sotiladigan narxlar. Chakana narx o‘z tarkibiga tovarning ulgurji narxi hamda chakana savdo tashkilotlari xarajatlari va foydasini oladi. Xarid narxlari. Bu narxlar davlat buyurtmasi bo‘yicha ishlab chiqarilgan tovarlarga belgilanadi. Ayrim hollarda bunday narxlarga muayyan ustama va imtiyozlar bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Dotatsion narxlar. Davlat byudjeti hisobidan arzonlashtirilgan narxlardir. Demping narxlar. Bunday narxlarda ishlab chiqaruvchilar bozordagi mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarishda foydalanadi. U bozorga «suqilib kirish» narxi deb ham ataladi. Nufuzli narxlar. Aholining yuqori daromad oluvchi qatlami harid qiladigan nufuzli (obro‘-talab) tovarlarga belgilanadi. Ta‘riflar. Turli xil xizmatlar (telefon, transport, kommunal va h.k) narxi sifatida chiqadi. II. Tartibga solinishi darajasiga ko’ra narxining quyidagi turlari mavjud bo’lishi ko’zda tutiladi. Qat‘iy belgilangan narxlar. Ma‘muriy tarzda belgilanib, bozor kuchlari ta‘sir ko‘rsatmaydi va muayyan davr davomida doimiy bo‘lib qoladi. Erkin narxlar. Talab va taklif ta‘siri ostida vujudga keladigan bozor narxlaridir. Tartibga solinadigan narxlar. Ayrim tovarlarga davlat narxlarning yuqori (iste‘molchi manfaatini ko‘zlab) va quyi (ishlab chiqaruvchi manfaatini ko‘zlab) 148 chegarasini belgilanganda, hamda moliyaviy va kreditli dastaklardan foydalanib, narxga ta‘sir ko‘rsatganda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Tartibga solinadigan narxlarga limitlangan va dotatsiyalangan narxlarni kiritish mumkin. Limitlangan narxlarda davlat tomonidan belgilangan yuqori va quyi chegara doirada o‘zgarishi mumkin. Bunday narxlar yordamida davlat inflyatsiyani jilovlaydi, uning o‘sishini nazorat qiladi. Dotatsiyalashgan narxlarni bozori kasod bo‘lganida firmalar arzonlashtiradigan narxlar bilan o‘xshatmaslik kerak. Dotatsiyali narxlar daromadi past oilalar, aholining ishsiz va nogiron qatlamlarini minimal darajada ta‘minlab turish uchun ishlatiladi. Maxsus arzonlashtirilgan, ammo dotatsiyasi bo‘lmagan narxlar ham borki, ularni belgilashda firmalar, xayri- ehson tashkilotlari qatnashadi. Mazkur homiylar tovarlarning odatdagi narxi bilan arzonlashtirilgan narxi o‘rtasidagi farqni o‘z mablag‘lari hisobidan qoplaydilar. Shartnoma narxlari. Ishlab chiqaruvchi va iste‘molchi tomonidan shartnomada qayd qilingan narxlardir. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling