Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
V. Shakllanish sharoitidan kelib chiqib, erkin bozor narxlari va monopol
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Erkin bozor narxlari
V. Shakllanish sharoitidan kelib chiqib, erkin bozor narxlari va monopol
narxlarni ajratish mumkin. Monopol narxlar monopol mavqeiga ega bo‘lgan tovarlarga belgilanib, u ishlab chiqarish narxidan yuqori yoki past bo‘lishi mumkin. Erkin bozor narxlari – sof raqobatli bozor sharoitida vujudga keladi. Yer, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi kabi tibiiy resurslarga belgilanadigan narxlarni irratsional narxlar deyiladi. Yashirin narxlar xufiyona bozorlarda shakllanadigan narxlarni anglatadi. Narxlar darajasi va nisbati bozor holatini ko‘rsatadi. Narxlar darajasi ularning mutloq o‘lchamidir. Narx darajasi ikki turga bo‘linadi: 1) Mutloq daraja – bu narxning umumiy miqdori bo‘lib, ma‘lum tovarning qancha turishini ko‘rsatadi. 2) Nisbiy daraja – bu narxning iste‘molchi daromadi xarid qobiliyatidagi ulushini ko‘rsatadi. U tovar narxi iste‘molchi pul daromadining necha foizini tashkil etishini ko‘rsatadi. Masalan: iste‘molchining bir oylik maoshi 1,5 mln deb faraz qilaylik, 1 kg go‘sht narxi 30 ming so‘m. Demak, go‘sht narxining dehqon bir oylik daromadidagi nisbiy ulushi2% (30:1500x100)ga teng. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida davlatning narx siyosati narxlarni erkinlashtirish va milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirishga qaratiladi. 150 Narxlarni erkinlashtirishdan quyidagi maqsadlar ko’zlanadi: - xomashyo bilan mahsulot ayrim turlari narxlari o‘rtasidagi nomutanosiblikni yumshatish; - narx bilan aholi daromadlari va korxonalar foydasi o‘rtasidagi mutanosiblikka erishish; - investitsion tovarlar, iste‘mol tovarlari va xizmatlar narxlarining oqilona nisbatini ta‘minlash; - ishlab chiqarish vositalari, xalq iste‘mol tovarlari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning erkin narxlari hamda tariflariga o‘tish; - milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirish. Narxlarni erkinlashtirish xomashyo bilan mahsulot ayrim turlarining narxlari, narx bilan aholi va korxonalar daromadlari o‘rtasida mutanosiblikka erishishga qanday yondashilishi bilan farqlanadi. Shu yondashuvlarga asoslanib, narxlar quyidagi yo‘llar bilan erkinlashtiriladi: a) narxlarni birdaniga yoki «esankiratadigan» tarzda qo‘yib yuborish; b) narxlar o‘sishini sun‘iy ravishda to‘xtatib qo‘yish; v) narxni davlat tomonidan boshqarish va nazorat qilishni ma‘lum darajada saqlab qolish. Bozor munosabatlariga o‘tayotgan har bir mamlakat, shu yo‘llardan birini tanlashda ulardan har birining mavjud real shart-sharoitlarga qanchalik mos kelishi, aholi asosiy qismining moddiy ahvoliga qanday darajada ta‘sir ko‘rsatishi, isloh qilishning tanlab olingan yo‘liga qanchalik darajada javob berishi va kutiladigan salbiy oqibatlarni hisobga olish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda MDH ning bir qator mustaqil davlatlar narxlarni erkinlashtirishning «tezkor» yo‘lini tanlab oldi. Barcha turdagi xomashyo resurslari, iste‘mol mollari hamda xizmatlar narxini bir yo‘la erkin qo‘yib yubordi. Natijada narxlar keskin oshdi. Bu aholi keng qatlamining birdaniga qashshoqlashuviga, ijtimoiy ahvolning keskinlashuviga olib keldi, ishlab chiqarishning pasayishiga, milliy sanoat va qishloq xo‘jaligining izdan chiqishiga sabab bo‘ldi. 151 O‘zbekistonda iqtisodiyotni isloh qilishning o‘ziga xos tamoyillari, mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darajasi hisobga olinib, narxlarni asta- sekinlik bilan va bosqichma-bosqich erkinlashtirish yo‘li tanlab olindi. Shu yo‘l bilan narxlarni erkinlashtirishning dastlabki bosqichida (1992 yilning boshida) keng doiradagi ishlab chiqarish, texnika vositasi bo‘lgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq iste‘moli mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning erkin narxlari va tariflariga o‘tildi. Aholini himoyalash maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining chegarasi belgilab qo‘yildi, ayrim turdagi xizmat- larning eng yuqori tariflari joriy qilindi. Narxlarni erkinlashtirishning keyingi bosqichida (1993 yil) kelishilgan ulgurji narxlarni davlat tomonidan tartibga solish to‘xtatildi. Qat‘iy belgilangan va davlat tomonidan tartibga solib turiladigan narxlarda sotiladigan tovarlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarning soni ancha qisqardi. Narxlarni erkinlashtirishning navbatdagi bosqichida (1994 yil, oktyabr, noyabr) xalq iste‘mol mollari asosiy turlarining narxlari erkin qo‘yib yuborildi, transport va kommunal xizmatlarning tariflari oshirildi. Narxlarni erkinlashtirish aholini ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi. Respublika iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida: ―... Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur‘atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta‘minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir.‖ Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling