Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Raqobat (lotincha, – qochish, to’qnashish) – bozor sub’ektlari, o’rtasida


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

Raqobat (lotincha, – qochish, to’qnashish) – bozor sub’ektlari, o’rtasida
yuqori foyda, ko’proq naflilik va omilli daromadga ega bo’lish uchun
iqtisodiy manfaatlarining to’qnashishini anglatadi.
 
10.1-chizma. Raqobat ishtirokchilarining asosiy maqsadlari 
Bunda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida sarflangan xarajatlarining har bir birligi 
evaziga ko‘proq foyda olish uchun kurash boradi. Mana shu foyda orqasidan 
quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, ya‘ni qulay bozorlar uchun, arzon 
xomashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun ular orasida kurash 
boradi. 
O‘z navbatida xaridorlar, ya‘ni iste‘molchilar sarflagan har bir so‘mi evaziga 
ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashadilar, ularning har biri arzon va sifatli 
tovar va xizmatlarga ega bo‘lishga harakat qiladi. 
Iqtisodiy resurs egalari taqdim qilingan resurslari hisobiga ko‘proq omilli 
daromadga ega bo‘lish uchun kurashadilar. 
Ishlab chiqaruvchilarning faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor resurs egalarining 
mulk egasi va iste‘molchilarning daromad egasi sifatida erkin va mustaqil bo‘lishi 
raqobatning iqtisodiy asosini tashkil etadi. Chunki har bir bozor sub‘ektining o‘z 
manfaati bo‘lib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar 
ishlab chiqarish va barcha boshqa sohalardagi faoliyati shu manfaatga 
bo‘ysundirilgan bo‘ladi. Bu jihatdan qaraganda raqobat erkin iqtisodiy faoliyat 
qiluvchi sub‘ektlar manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lishi aniq 


155 
tavsiflanadi. 
Raqobat 
mavjud 
bo‘lishining 
boshqa 
sharti 
tovar-pul 
munosabatlarining ma‘lum darajada rivojlangan bozor tizimida amal qilishidir. 
Raqobatning rivojlanish bosqichlari: 

Oddiy tovar xo‘jaligiga xos bo‘lgan raqobatchilik bosqichi. 

Sof yoki erkin raqobatga asoslangan bosqich. 

Monopolistik raqobat bosqich. 

Hozirgi zamon madaniy jihatdan rivojlangan raqobatchilik bosqichi. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling