Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Dividend. Hissadorlik korxonasida ta‘sischilik foydasi bilan bir qatorda  dividend ham shakllanadi.  Dividend


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

Dividend. Hissadorlik korxonasida ta‘sischilik foydasi bilan bir qatorda 
dividend ham shakllanadi. 
Dividend (lotincha dividendus – bo‘lishga tegishli) – aktsiya egasiga 
to‘lanadigan daromad. Dividend vositasida aktsiya egasi qimmatli qog‘ozning shu 
turiga qo‘yilgan pul mablag‘larining tegishli qismiga o‘zining mulkchilik huquqini 
iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqaradi. Dividend orqali faqat hissadorlik jamiyati 
olgan foydaning bir qismi taqsimlanadi. Uning boshqa qismi jamg‘arishga, soliq 
to‘lashga va shu kabilarga ketadi. Dividend miqdori olinadigan foyda va 
chiqarilgan aktsiya miqdoriga bog‘liq va uning darajasi odatda ssuda foizidan 
yuqori bo‘ladi. 
Odatdagi aktsiyalar bo‘yicha dividend miqdori hissadorlik jamiyati joriy 
yilda olgan foyda miqdoriga bog‘liq. Imtiyozli aktsiyalar bo‘yicha dividend 
miqdori esa joriy yildagi foyda miqdoridan qat‘iy nazar qayd qilingan foiz shaklida 
o‘rnatiladi. Jamiyat tugatilgan taqdirda imtiyozli aktsiya egasiga shu maqsadda 
qo‘yilgan mablag‘ uning nominal qiymati bo‘yicha qaytariladi. 
Respublikada aktsionerlik jamiyatlarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishi 
davlat mulkchiligidagi yirik va o‘rta korxonalar negizida ochiq hissadorlik 
jamiyatlari tuzish hisoblanadi. Shu bilan birga ilgari tuzilgan yopiq turdagi 
jamiyatlar ochiq turdagi aktsionerlik jamiyatlar qilib qayta tuzilishi ko‘zda tutilgan. 


217 
Buning ma‘nosi shuki, aktsionerlik jamiyatiga o‘tish jarayoni respublika 
aholisining keng qatlamlari uchun, shuningdek, horijiy jismoniy va huquqiy 
shaxslar uchun ochiq bo‘lishi lozim. Bunga qimmatli qog‘ozlarning ochiq 
savdosini o‘tkazib turish, fond birjasining faoliyatini kengaytirish, investittsiya 
kompaniyalari, investitsiya fondlari, kliring va agentlik tarmoqlarini tashkil qilish 
orqali qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasini vujudga keltirish orqali 
erishiladi. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling