Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

BIRINCHI BO’LIM.
IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING SHAKLLANISHI 
 
I BOB. IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING RIVOJLANISH 
BOSQICHLARI VA YO’NALISHLARI 
 
1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi. Iqtisodiy faoliyat. 
2. Ehtiyoj uning tarkibi va turlari. Ehtiyojlarning cheksizligi va
yuksalib borish qonuni. 
3. Iqtisodiy resurslar, uning turlari va cheklanganligi. 
4. Iqtisodiy bilimlarning vujudga kelishi va iqtisodiy fanlarning 
shakllanishi. 
5. Zamonaviy iqtisodiy qarashlar va uning rivojlanish yo’nalishlari.
 
1. 
Iqtisodiyot va uning bosh masalasi 
Iqtisodiyot murakkab va ko’pqirrali tushuncha bo’lib, bu birinchidan 
xo’jalik tizimi, ikkinchidan iqtisodiy munosabatlar birligi va uchinchidan, fan 
darajasida mujassamlashgan bilimlardir. Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy 
shakli uy xo‘jaligi doirasida ro‘y bergan. Shuning uchun iqtisodiyot deganda uy 
xo‘jaligi va uni yuritish qonun-qoidalari tushunilgan. 
Iqtisodiyot – bu iqtisodiy ne’matlar va vositalarni takror ishlab chiqarish 
jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar, xo’jalik yuritish 
shakllari, ularni tartibga soluvchi mexanizmlar va infratuzilmaviy muassa-
salarning ma’lum darajada tartibga solingan tizimidir. 
Iqtisodiyot doirasida iqtisodiy boyliklarni, ya‘ni jamiyat uchun zarur bo‘lgan 
ne‘mat va vositalarni takror ishlab chiqarish jarayoni ro‘y beradi. 
Takror ishlab chiqarish bu jarayonning to‘xtovsiz takrorlanib, yangidan
boshlanib turishidir. Takror ishlab chiqarish qisqarib boruvchi, oddiy va 
kengaytirilgan turlarga ajratiladi. 



Qisqarib boruvchi takror ishlab chiqarishda ishlab chiqarish hajmi kamayib 
borish tartibida takrorlansa, uning oddiy turida bir me‘yorda, o‘zgarmasdan va 
kengaytirilgan turida esa bu jarayon ko‘payib borish tartibida takrorlanadi.

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling