27
II BOB. IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING PREDMETI VA BILISH
USULLARI
1. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari.
2. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar.
3. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning uslub va usullari.
1. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti, vazifalari va tamoyillari
qtisodiyot nazariyasi fanining predmeti –iqtisodiy
resurslar cheklangan
sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida iqtisodiy
ne‘matlarni takror ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosa-
batlarni, ijtimoiy xo‘jalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini yoki kishilarning
iqtisodiy xatti-harakatini o‘rganishdan iborat.
Iqtisodiy munosabatlar – bu iqtisodiy ne‘matlarni
takror ishlab chiqarish
jarayonida kishilar o‘rtasida vujudga keladigan turli xil aloqa va munosabatlardir.
Ularning aniq namoyon bo‘lish shakllari iqtisodiy hodisa va iqtisodiy
jarayonlardir.
Iqtisodiy hodisalar ishsizlik, inqiroz,
inflyatsiya, bandlik va shu kabilar,
iqtisodiy jarayonlar esa ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish,
taqsimlash,
ayriboshlash, iste‘mol kabilar orqali yuzaga chiqadi.
Iqtisodiyot nazariyasi o‘z predmetini mikro va makro darajada o‘rganadi.
Agar iqtisodiyotga mikrodarajada qaralsa fanning predmeti alohida iqtisodiy
birliklar (alohida iste‘molchi, alohida ishlab chiqaruvchi)ning hatti – harakatini
o‘rganish, alohida
tovarlarga narx shakllanishi, korxonalar xarajatlari va
daromadlar qaror topishi va shu kabilarni tahlil qilishga qaratiladi. Makro
darajadagi yaxlit iqtisodiyot uning yirik tarkibiy qismlari (uy xo‘jaliklari, xususiy
va davlat sektori) va davlat iqtisodiy siyosati makroiqtisodiy
tahlil predmeti
hisoblanadi. Makroiqtisodiyot shuningdek daromadlar, bandlik, narxlar darajasi,
mahsulotning
yalpi hajmi, milliy daromad, jami sarflar kabi jamlanma
ko‘rsatkichlar bilan ham ish ko‘radi.