Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

Iqtisodiy kategoriyalar. Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy qonunlar bilan 
bir qatorda iqtisodiy jarayonlarning alohida tomonlarini tavsiflaydigan kategoriya-
larning mazmunini ham ochib beradi. 
Iqtisodiy kategoriyalar - doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va 
real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushunchadir.
Iqtisodiy kategoriyalar real iqtisodiy hodisalarning mohiyatini ifoda etadigan 
ilmiy tushuncha bo‘lib, ilmiy tafakkur mahsulidir. Bozor, pul, tovar, kapital, 
ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya, kredit, bank va boshqa shu kabi 
tushunchalar iqtisodiy kategoriyalarga misol bo‘la oladi. Iqtisodiy qonunlardan 
farq qilib, ilmiy kategoriyalar, iqtisodiy hodisalarning mazmunini ifoda etadi.
3. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning uslub va usullari 
Uslubiyat — bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari, qonun – 
qoidalari, usullari va aniq tartiblaridir. Bu ob‘ektiv voqelikni bilish dialektikasi
mantiqi va nazariyasini o‘z ichiga oluvchi bir butun ta‘limotdir. Uslubiyat umumiy 
tavsifga ega, lekin har bir fan o‘zining predmetidan kelib chiqib, ilmiy bilish 
usullariga ega bo‘ladi. 
―Usul‖ grekchadan so‘zma – so‘z tarjima qilinganda ―tadqiqot‖ tushunchasini 
anglatib, ilmiy bilishga aniq yondashuvni bildiradi.
Dialektika ilmiy bilishning umumiy usuli bo‘lib, uning iqtisodiyot nazariyasi 
fanida qo‘llaniladigan asosiy qoidalari quyidagilar: 
- iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog‘liqlikda bo‘lgan, o‘zaro 
ta‘sir qilib turadigan turli bo‘g‘inlardan, iborat yaxlit bir tuzilma deb hisoblanadi; 


31 
- iqtisodiy hodisa va jarayonlarning kelib chiqishi, amal qilishi va barham 
topishi, uning sabablari va oqibatlari ichki aloqadorlik va bog‘liqlik tomonlarini 
zamon va makonda ro‘y berishi tan olinadi; 
- iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkablikka, quyidan yuqoriga 
rivojlanishida deb qaraladi. Bu erda son jihatidan o‘zgarishlar to‘plana borib, sifat 
jihatidan o‘zgarishga olib kelishi hisobga olinadi. 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘ziga xos tadqiqot usullari ham mavjud. 
Ulardan eng asosiylari quyidagilar: 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling