Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Download 6,4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy resurslarning cheklanganligi ishlab chiqarish imkoniyatlarining ham cheklanishiga olib keladi.
- 4. Iqtisodiy bilimlarning vujudga kelishi va iqtisodiy fanlarning shakllanishi
Tadbirkorlik qobiliyati alohida kishilarga xos bo‘lgan noyob ishbilarmonlik
layoqati yer, mehnat, kapital va tadbirkorlik qobiliyati mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlarni ma‘lum turini tashkillashtirish uchun bir joyga jam bo‘lar ekan, ularni umumiy qilib, tovar ishlab chiqarish omillari deyish mumkin 2 . Har bir resurs undan ishlab chiqarishda foydalanganda ma‘lum samara beradi. Resurs keltiradigan natija o‘z chegaralariga ega. Har qanday resursdan eng yaxshi, oqilona foydalanilgan taqdirda ham ma‘lum chegaradan ortiq mahsulot yaratib bo‘lmaydi. Iqtisodiy resurslarning cheklanganligi ishlab chiqarish imkoniyatlarining ham cheklanishiga olib keladi. Resurslardan foydalanish darajasi turlicha bo‘lgani uchun barcha tovarlar bo‘yicha ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini ko‘rsatish qiyin. 4. Iqtisodiy bilimlarning vujudga kelishi va iqtisodiy fanlarning shakllanishi Iqtisodiyot sir-asrorlarini bilishga qiziqish juda qadim zamonlarda ham mavjud bo‘lgan. Iqtisodiyotga oid bilimlar antik dunyoning ko‘zga ko‘ringan olimlariKsenofont, Platon, Aristotel shuningdek, qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston 1 McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 17 th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2008. page 39 2 McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 17 th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2008. page 41 17 va Markaziy Osiyo muttafakkirlari qarashlarida ham uchraydi. Qadimgi Hindis- tonning «Manu qonunlari»da (bizning eramizgacha IV-III asr) ijtimoiy mehnat taqsimoti, xukmronlik va qaramlik munosabatlari mavjud bo‘lishi qayd qilingan. Qadimgi Xitoy mutafakkirlari xususan Konfutsiy (bizning eramizgacha 551-479 y.y.) asarlarida aqliy va jismoniy mehnatning farqlari ko‘rsatiladi, bunda birinchisi jamiyat ―yuqori‖ qatlamlari, ikkinchisi asosiy qismi qullardan iborat bo‘lgan «oddiy kishilar» ga tegishli bo‘lishi qo‘rsatilgan. Iqtisodiy qarashlarning yanada rivojlanishiga qadimgi Gretsiya mutafakkirlari munosib hissa qo‘shgan, Ksenofont (430-354 y.y.,), Platon (427-347 y.y. e.o), Aristotel (384-322 y.y. e.o.) qarashlarini hozirgi zamon iqtisodiy fanining bosh- lang‘ich nazariy nuqtasi sifatida tavsiflash mumkin. Bu ularning xo‘jalik ne‘matlari asosi hisoblangan naflilik to‘g‘risidagi, ne‘matlarni to‘g‘ri ayriboshlash, ekvivalent ayriboshlanishi va boshqa shu kabi qarashlariga tegishli. Qadimgi Rim mutafakkirlari (S.Katona, Varrona, Kalumella) iqtisodiy qarashlarida qulchilikning mavjud bo‘lishi asoslanadi, tabiatan barcha kishilar tengligi qayd qilinadi, adolatli narx printsiplari, mehnat mahsulotlarini ijtimoiy baholash, mulkchilik tushunchasi, boylik va boshqa shu kabilarga o‘z fikrlarini bayon qilinadi. Aristotel birinchilardan bo‘lib tovarning xususiyatini ko‘rsatib, ayriboshlash nisbatini asoslaydi, pulning kelib chiqishi va vazifalariga o‘zining qarashlarini bayon qiladi. Iqtisodiyot nazariyasi fani ko‘pgina mamlakatlarda milliy bozor shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan davrlarda dastlab «siyosiy iqtisod» nomi bilan shakllana boshladi. Siyosiy iqtisod grekcha so‘zdan olingan bo‘lib «politiko»–ijtimoiy, «oykos»- uy xo‘jaligi, «nomos»–qonun, ya‘ni uy yoki ijtimoiy xo‘jalik qonunlari degan ma‘noni bildiradi. Bu «iqtisod» tushunchasiga yaqin bo‘lib u ilmiy bilishning aniq sohasini va yaxlit iqtisodiy munosabatlarni anglatadi. Frantsuz iqtisodchisi Antuan de Monkreten birinchi marta «Siyosiy iqtisod traktati» (1615 y.) nomli asarida, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asosladi. 18 Iqtisodiy fan shakllanishi jarayonida bir qancha g‘oyaviy oqimlar, maktablar vujudga kelgan. Ular jamiyat boyligining manbai nima, u qaerda va qanday qilib ko‘payadi, degan savollarga javob topishga urinishgan. Bunday iqtisodiy oqimlardan dastlabkisi «merkantilizm», (italyancha merkante - savdogar) deb atalgan. Bu oqim tarafdorlari odamlarning, jamiyatning boyligi (pul, oltin) savdoda, asosan tashqi savdoda paydo bo‘ladi, ko‘payadi, faqat savdoda band bo‘lgan mehnat unumli mehnat, boshqalari esa unumsizdir, deb tushuntiradi. Boshlang‘ich merkantalizm (XIV asr oxiri XVI asr o‘rtalari) monetar tizim deb nomlanib, uning asosiy sharti pul (oltin, kumush)ni mamlakatda ushlab qolish hisoblangan. Keyingi merkantalizm (XVII asr-XVIII asr boshlari) tashqi savdo rivojlanishi va umuman iqtisodiy rivojlanishga pulni tashqariga chiqarishni taqiqlash to‘siq bo‘lishini anglashgan. Keyingi merkantalizmning Angliyadagi asosiy vakili Tomas Mann (1571- 1641) hisoblanib, u davlatning ichki va tashqi siyosatini asoslaydi. Merkantalizm kontseptsiyasi asosan protektsionizm iqtisodiy siyosatiga tayanadi, ya‘ni ular davlatning iqtisodiyotni boshqarishda qatnashishi, eksportning importdan ortiq bo‘lishi va boylikni ko‘paytirishni ta‘minlashi zarurligi masalalariga e‘tibor qara- tadi. Download 6,4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling